4-vazifa. Mavzu: Qonun ustuvorligi-fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyili. Bajardi



Yüklə 16,91 Kb.
tarix24.04.2020
ölçüsü16,91 Kb.
#30955
4-vazifa

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Fuqarolik jamiyati” fanidan



4-VAZIFA.

Mavzu: Qonun ustuvorligi-fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyili.

Bajardi: 222-17 MTo’ guruh talabasi I.Kamoliddinov

Toshkent – 2020



  1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati nima?

  2. Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar nimalardan iborat?

  3. Fuqarolik jamiyati rivojida qonun ustuvorligi qanday ahamiyat kasb etadi?

  4. Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati (O’z R Konstitutsiyasi misolida).

1-savol.

Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy printsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat'iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo'jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo'ysunish majburiyatidan xalos bo'lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir.

2-savol.

Birinchidan, hokimiyatlar bo'linishi printsipining real joriy etilganligi.

Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining birinchi bandiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. Uchinchidan, joriy qonunlar va barcha normativ huquqiy aktlar Konstitutsiyaga tamomila mos va unga muvofiq yaratilishi lozim.

To'rtinchidan, qonun ustuvorligini ta'minlovchi va mustahkamlovchi vositalardan biri kodekslashtirishdir. qonun chiqaruvchi jarayonni muttasil demokratlashtirib borish – insonparvar, adolatli xalqchil qonunlar yaratilishining garovidir; qonunning sifatini mukammallashtirish, uning ichki mexanizmi puxta, yuridik texnika nuqtai nazaridan benuqson bo'lishiga erishish; qonunchilikni isloh qilish va takomillashtirishda “qonunda ta'qiqlanmagan hamma narsaga ruxsat beriladi” (fuqarolar uchun). “Faqat qonunda mustahkamlangan narsalargagina ruxsat beriladi” (mansabdor shaxslar va davlat)

3-savol.

Fuqarolik jamiyati rivojida qonun ustuvorligi izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi fuqarolik jamiyati qurish yo'lidagi erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va bu boradagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu o'z navbatida inson huquq va erkinliklarini har tomonlama himoya qilish, qonun ustuvorligi printsipiga og'ishmay rioya etilishini ta'minlashga ko'maklashadi.



4-savol

Konstitutsiyaning 98-moddasiga ya'ni Bosh vazir lavozimiga nomzod ko'rsatish tartibini belgilash bilan bog'liq o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi; Konstitutsiyaning 98-moddasiga ya'ni Bosh vazir lavozimiga nomzodni Prezident tomonidan Oliy Majlisga taqdim etish muddatlari bilan bog'liq o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi; Konstitutsiyaning 98-moddasiga ya'ni Bosh vazirga ishonchsizlik votumi bildirish tartibiga oid o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi; Konstitutsiyaning 98-moddasiga Bosh vazirga ishonchsizlik votumi bildirish tartib tamoyillari va oqibatlariga oid o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi; Konstitutsiyaning 98-moddasiga ishonchsizlik votumi bildirilgandan so'ng Bosh vazir lavozimiga yangi nomzod taklif etish tartibiga oid o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi;
Yüklə 16,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin