Shevaga xos so 'zlarni ishlatish: -Daraxtlarga shati qo‘ydik;
-Bahorda tolaga chiqdik;
-Bizning eshikda turli gullar ko‘p.
Xatoning sabablari: bola doimo shevaga xos so‘zlarni ishlatadi;
dialektal so‘zni adabiy tilidagi varianti bilan almashtirish mashqlarini o‘tkazib borish;
O‘qituvchi:O‘quvchilar: shati narvon
tola dala
eshik hovli
jiji chaqaloq
Morfologik-uslubiy xatolar.
Morfologik-uslubiy xatolar o‘quvchilar inshosida ko‘p uchraydigan xatolardir. Asosan, so‘z shaklini, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qo‘llashdagi xatolar ushbu turdagi xatolarga mansub bo‘lib, ular quyidagicha tasnif qilinadi:
Sintetik - uslubiy xatolar:
-Uchta sinfimizdagi o‘quvchi sayohatga chiqmadi. (Sinfimizda uchta o‘ quvchi sayohatga chiqmadi)
-Dalada ko‘p edi.
(Dalada turli ekinlar ko‘ p edi)
Bartaraf etish usullari:
gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqida tushunchani kengaytirish;
gap tuzish mashqlarini o‘tkazish;
v) noto‘g‘ri tuzilgan gaplarni to‘g‘rilab yozish mashqlarini tashkil etish.
4. Mantiqiy - uslubiy xatolar: Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur so‘z tushib qoladi: -Mening onam inson (Mening onam ajoyib inson)
-U mehnat qilib erishdi (U mehnat qilib hurmatga erishdi)
Savol va topshiriqlar: 1-topshiriq. O‘quvchilar xatolarini tekshiring va nutqiy xatoning har biriga misol tanlang. Xatoning kelib chiqish sababini va uni bartaraf qilish yo‘llarini tushuntiring.