4-sinfda so‘z turkumlari yuzasidan tanlov o‘tkazish. 1.Tanlovni o‘tkazish uchun ikki guruh tashkil qilinadi.
2.Guruhlarga nom beriladi.
1-guruh “Bilimdonlar”, 2-guruh “O‘tkir zehinlilar” 3.Berilgan gapdan fe’llarni ajrating va so‘roq bering.(Har ikkala guruhga navbatma-navbat ikkitadan so‘z beriladi va ularning javobi tinglanadi).
4. Berilgan gapdan sonlarni aniqlang va o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring(Har ikkala guruhga navbatma-navbat ikkitadan gap beriladi)
5. Berilgan o‘zak so‘zga tarqatma materiallar ichidan mos qo‘shimchan qo‘shib kunga boqarning gullarini to‘ldirish(Birinchi guruhga ish so‘zi ikkinchi guruhga gul so‘zlari beriladi. Oltitadan so‘z yasagan guruh g‘olib hisoblanadi)
6. Musiqali tanaffus uyushtiriladi. Ikkala guruh yo qo‘shiq aytadi yo raqsga tushadi.
7. Berilgan krossvordni to‘ldiring
8. So‘z turkumlari aytishuvi. Birinchi guruh navbatma-navbat ot va son so‘z turkumlari sherini aytadi. Ikkinchi guruh sifat va fe’l so‘z turkumlariga oid she’rni o‘qiydi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. O‘zbеkiston Rеspublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risidagi Qonuni. Toshkеnt, O‘zbеkiston, 1997 yil.
2. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldoshеva Sh., Sariyеv Sh., “Ona tili o‘qitish mеtodikasi”, T., 2009.
3.Azimova I., Mavlonova K., va boshqalar “Ona tili va o‘qish savodxonligi” 1-sinf uchun darslik. T.: Respublika ta’lim markazi, 2021.-104 b.
4. Azimova I., Mavlonova K., va boshqalar “Ona tili va o‘qish savodxonligi” 2-sinf uchun darslik. T.: Respublika ta’lim markazi, 2021.-120 b.
5. Azimova I., Mavlonova K., va boshqalar “Ona tili va o‘qish savodxonligi” 3-sinf uchun darslik. T.: Respublika ta’lim markazi, 2022.-144 b.