Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi va dardagi faolligiga qarab rag’batlantiriladi ,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsadi
Maqsadlar:
Ta’limiy: O’quvchilarni Qq tovushiva Qq harflari bilan tanishtirish . O’quvchilarni Qq tovushini so’z tarkibida to’g’ri talaffuz qilishga , Qq harfli bo’g’in , so’zlarni o’qishga o’rgatish.
Tarbiyaviy: Kitobga nisbatan ehtiyot bo’lish , ularga zarar yetkazmaslikka da’vat etish , mehnatsevarlik fazilatini tarbiyalash .
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi.