434 masalalar yechish orqali boshlang’ich sinf


Sahnalashtirilgan masalalar



Yüklə 101,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix13.12.2023
ölçüsü101,61 Kb.
#175689
1   2   3   4   5   6   7
TA\'LIM FIDOYILARI-2023-May-1-qism-434-443

Sahnalashtirilgan masalalar
. Sahnalashtirilgan masalalarga katta e’tibor 
beriladi. Bu masalalarda bolalarning kuzatgan, ko‘pincha o‘zlari bevosita bajargan 
harakatlari aks ettiriladi. Bu yerda savolga javob berish emas, balki bu berilgan sonlar 
ko‘rgazmali asosida ko‘rinib turishi mumkindir. Birinchi sinf bolalari ko‘pincha masalani 
yechishni bilmaydilar, chunki ular u yoki bu harakatni ifodalovchi (sarf qildi, bo‘lishib oldi, 
sovg’a qildi va hakozo) so‘zlarning ma‘nosini tushunmaydilar. Shunning uchun maktabda, 
tayyorlov guruhida u yoki bu harakatni ifoda etuvchi so‘zlarni mazmunini ochib berishga 
alohida e‘tibor berish kerak. Shu maqsadda masala asosiga qanday amaliy harakatlarni 
kiritish zarurligini hisobga olish kerak. Bunda qarama- qarshi harakatni: keldi-ketdi, yaqin 
kelishdi-uzoqlashdilar, oldi-berishdi, ko‘tarishdi-tushirishdi, olib kelishdi- olib ketishdi
uchib ketishdi nazarda tutuvchi yig’indi va qoldiqni topishga oid masalalarni taqqoslash 
maqsadga muvofiqdir. 
Ko‘rgazmali masalalar.
Dastlab bolalarga mavzu mazmuni to‘g’risida 
gapiriladi, hamda berilgan sonlar tasvirlangan rasmlar ko‘rsatiladi. Rasm bo‘yicha 


436 
birinchi masalani o‘qituvchining o‘zi tuzadi.U bolalarni rasmlarni ko‘rib chiqishiga
berilgan sonlarni hamda miqdoriy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelgan hayotiy 
harakatlarni ajratib olishga o‘rgatadi. Masalan, rasmda 5 ta shar ushlagan bola tasvirlangan, 
u 1 ta sharni qizchaga bermoqda. Rasmni kuzatayotib o‘qituvchi: Bu yerda nima 
tasvirlangan? Bola nima ushlab turibdi? Unda nechta shar bor? U nima qilmoqda? Biz 
nimani bilamiz? Masalani shartini tuzing. Nima haqida so‘rash mumkin? deb so‘raydi. 
O‘qituvchi berilgan sonlarni o‘zgartirib, bolalarni ayni bir mavzuda har xil mazmundagi 
yig’indi va qoldiqni topishga oid masalalarni o‘ylab topishga, hikoya qilishga o‘rgatishda 
foydalanadigan hohlagan mazmundagi rasm asosida masala tuzishga undaydi. 
Matematik masalalar sodda va tarkibli masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan 
yechilishi mumkin bo‘lgan masalalarga sodda masalalar deyiladi. Bir nechta sodda 
masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida yechiladigan 
masalalarga tarkibli masalalar deyiladi. 
Masalan: daraxt shoxida 6 ta qush bor edi. Ulardan 2 tasi uchib ketdi? Bu 
masalaga 2 ta teskari masala tuzish mumkin. 
1)Daraxt shoxida bir nechta qush bor edi. 2 ta qush uchib ketgandan so‘ng 
daraxt shoxida 4 ta qush qoldi. Daraxt shoxida nechta qush qoldi? 
2)Daraxt shoxida 6 ta qush qo‘nib turgan edi, bir nechta qush uchib ketgandan so‘ng 
2 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketdi? 
Sodda masala orasidan bevosita ifodalangan masala ajratilgan. 

Yüklə 101,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin