434
MASALALAR YECHISH ORQALI BOSHLANG’ICH SINF
O’QUVCHILARINING MATEMATIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Jo`lanov Doniyor Qulmurodovich
Navoiy davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi
Ulug’berdiyeva Gulchehra Aliqulovna
NDKTU akademik litseyi oliy toyifali o’qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada masalalar yechish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarining
matematik qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi xususida so’z borgan.
Kalit so’zlar:
masala, matematik qobiliyat, sodda, tarkibli, o’quvchi, axborot,
ko’nikma, malaka
Аннотация
В данной статье идет речь об эффективности развития математических навыков
учащихся начальной школы посредством решения задач.
Ключевые слова:
задача, математическая способность, содержателная,
учащийся, информация, умения, навыки.
Annotation
This article deals with the effectiveness of the development of mathematical skills of
elementary school students through problem solving.
Key words:
task, mathematical ability, meaningful, student, information, skills,
qualification
Respublikamizda Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi
tasdiqlandi, yoshlar ta’lim – tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar
yaratishga qaratilgan
kompleks chora – tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi,
umumiy o’rta ta’limda masalalar yechish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarining
matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan
o’quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda
ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi.
Matematik masalalar yechish matematika o’qitishning muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Masalalar yechmasdan matematikani o’zlashtirishni
tasavvur ham etib
bo’lmaydi. Masalalar yechishning boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan u yoki bu nazariy
materiallarni o’zlashtirish o’quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim
rol o’ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so’z har bir yangi
tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam
beradigan uning qo’llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan amalga
oshadi.
Boshlang’ich sinf matematika darsligida masalalar sodda va tarkibli masalalarga
ajratiladi. Sodda masalalar bitta amal bilan yechish mumkin bo’lgan masalalar jumlasiga
435
kiritiladi. Bir nechta sodda masaladan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal
yordamida yechiladigan masalalar tarkibli masalalar deyiladi.
Sodda masalalar
o’quvchilarda tarkibli masalalarni yechish uchun zarur bo’ladigan bilimlar, malakalar va
ko’nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Masalalar bolalarning
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo’lib odatda o’z ichiga ayrim
bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil
murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning
bu usullarini o’rgatish matematika fanini o’qitishning
muhim maqsadlaridan biri
hisoblanadi. Masalalarni yechishda predmetga bo’lgan qiziqish rivojlanadi, umuman
mustaqil erkinlik, talabchanlik,
mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi.
O’quvchilarga tarbiya berishda ham hayotiy masalalar fikr doiralarini kengaytirishga
yordam beradi.
Boshlang’ich sinflarda masalalarni o’rganish yangi tushunchalarni shakllantirish,
sodda masalalarni yechishdan tarkibli masalalarni yechishga o’tish yordamida amalga
oshiriladi. Bunda qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lishga doir masalalar ya’ni, bir xil
qo’shiluvchilarning yig’ndisini topishga, teng bo’laklarga bo’lishga,
sonni bir necha
kattalashtirishga yoki kichiklashtirishga, sonlarni taqqoslashga, amallarning noma’lum
komponentlarini topishga doir sodda masalalar shuningdek turli tarkibli masalalar shu
jumladan keltirib yechiladigan masalalar, ikki ko’paytuvchining yig’indisini topishga doir
va unga teskari masalalar yig’indisini so’ngira ko’paytirish bo’lishga keltiriladigan va
boshqa masalalarni ko’rib chiqamiz.
Agar berilgan masala o‘zining tarkibliligi bilan sinfda
yechilgan masalalarga mos
yoki o‘xshasa u holda o‘quvchilar taklif qilingan masalaning yechilish yo‘lini mustaqil
topishga o‘rgatish kerak. Shu maqsadda o‘quvchilar masalalar yechishga yaqinlashishning
eng sodda umumiy usullarini egallashlari lozim.