46. Noto’g’ri fikrni aniqlang?



Yüklə 405,23 Kb.
səhifə3/3
tarix12.09.2023
ölçüsü405,23 Kb.
#142876
1   2   3
biologiya

56. Makkajo’xori o’simligida qo’sh uruglanish sodir bo’lishining bosqichlari to’g’ri ketma-ketlikda ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) vegetativ hujayradan chang yo’lining hosil bo’lishi; 2) changlanish; 3) spermiyning tuxum hujayra bilan urug’lanishi; 4) spermiylarning hosil bo’lishi; 5) spermiyning markaziy hujayra bilan urug’lanishi; 6) murtakning hosil bo’lishi; 7) endospermning hosil bo’lishi
A) 2, 1, 4, 3, 5, 6, 7 B) 2, 1, 4, 6, 3, 5, 7
С) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 2, 1, 4, 6, 5, 3, 7
57. Yadroga ega parazit organizmlarni ko’rsating.
1) ko’kyo’tal qo’zg’atuvchisi; 2) shumg’iya; 3) vertisillum; 4) o’lat qo’zg’atuvchisi; 5) leyshmaniya; 6) vabo qo’zg’atuvchisi; 7) zarpechak
A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 6
C) 3, 5, 7 D) 2, 4, 7
58. Jinsiy ko’payish xillari aniqlang.
1) trutenlar rivojlanishi; 2) ulotriks zoosporalari orqali ko’payishi; 3) qirqquloq zigota hosil qilishi; 4) nokni kurtak payvand qilish; 5) baqani tashqi urug’lanishi; 6) qirqbo’g’im sporangiy hosil qilishi; 7) ayrim halqali chuvalchanglarning kurtaklanib ko’payishi
A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 6
C) 2, 4, 7 D) 2, 3, 5
59. Organizmlarning ko’payish va rivojlanish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang.
1) yorg’a tuvaloqning tuxumdan chiqqan bolasining ko’zi yumuq, tanasi siyrak par bilan qoplangan bo’ladi; 2) uy pashshasi tuxumidan boshi va oyog’i bo’lmaydigan lichinka chiqadi; 3) nam tuproqda odam askaridasi tuxumida lichinkalar rivojlanadi; 4) exinakokk germafrodit ekanligi bilan oq planariуadan farq qiladi; 5) skatlar tirik tug’ishi bilan echkemardan farq qiladi; 6) tulkilar va tyulenlar tug’ilgan bolasining ko’zi yumuq bo’ladi
A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 5
C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5
60. Zuhrasoch qirqqulog‘ining sporofiti uchun mos javobni belgilang.
A) urug’langan tuhum hujayradan rivojlanadi, mustaqil oziqlanadi
B ) jinsiy bo’g ‘in hisoblanadi, zigotadan hosil bo’ladi
C) zigota hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik, soruslarga ega
D) ikki jinsli, yashil, fotosintez qiladi, jinssiz bo‘g‘in hisoblanadi
61. Bir urug’li (a) va ko’p urug’li (b) quruq mevali o’simliklarni aniqlang.
1) makkajo’xori; 2) lola; 3) g’o’za; 4) gilos; 5) sebarga; 6) arpa
A) a-1, 5; b-2, 3 B) a-2, 3, 6; b-3, 5
C) a-1, 4, 6; b-2, 3 D) a-1, 6; b-3, 5
62. Albitsiya qaysi bo’lim, oila va sinfga mansub?
A) bir urug’pallalilar, murakkabguldoshlar, magnoliyatoifa
B) magnoliyasimonlar, dukkakdoshlar, magnoliyatoifa
C) magnoliyatoifa, dukkakdoshlar, magnoliyasimonlar
D) magnoliyatoifa, ziradoshlar, gulli o’simliklar
63. Lolasimon (1), qarag’aytoifa (2), ituzum (3) va murakkabguldoshlar (4) sistematik birliklariga mansub o’simliklarni aniqlang.
A) 1-piyozli arpa; 2-sekvoyadendron; 3-baliqko’z; 4-kakra
B) 1-olg’i; 2-pixta; 3-kartoshka; 4-andiz
C) 1-bo’yimadaron; 2-pixta; 3-bo’ritaroq; 4-karrak
D) 1-oq shuvoq; 2-sharq sauri; 3-baqlajon; 4-bo’znoch
64. Barglari oddiy, yonbargchali ko’p yillik (a) va barglari murakkab, yonbargchali bir yillik (b) o’simliklarni aniqlang.
A) a – olma, gilos, o’rik; b – partenotsissus, sebarga
B) a – o’rik, yong’oq, rayhon; b – shirinmiya, mosh
C) a – saksavul, teresken; b – beda, sebarga
D) a – tok, yantoq, shaftoli; b – yeryong’oq, mosh
65. Parmeliya tushunchasi bilan mantiqiy bog’liq bo’lgan atamalarni aniqlang.
1) tallom; 2) mitseliy; 3) vegetativ organ; 4) gifa; 5) spora; 6) mitoz; 7) fotosintez; 8) xitin; 9) xemosintez; 10) suvo’t
A) 2, 6, 7, 8, 10 B) 2, 4, 8, 9, 10
C) 1, 3, 5, 6, 8 D) 1, 2, 3, 5, 9
66. Ribosomalarga xos xususiyatlar ko’rsatilgan javobni belgilang.
1) membranasiz organoid; 2) tarkibi DNK va oqsildan iborat; 3) yadroda hosil bo’ladi; 4) 2 ta slindrsimon tanacha; 5) oqsil sintezining transkripsiya bosqichi amalga oshadi; 6) hamma hayot shakllarida uchraydi; 7) qutirish kasalligi qo’zg’atuvchisining tarkibida bo’lmaydi
Yüklə 405,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin