479 Hadoop texnologiyasi Apache Hadoop loyihasida ishlab chiqilgan Hadoop
MapReduce
maxsuloti erkin
tarqatiladi. Mazkur texnologiya HDFS (Hadoop Distributed File System)
cheklanmagan hajmdagi taqsimlangan fayl tizimidan foydalanishga asoslanadi. Apache Hadoop
maxsuloti oddiy qurilmalarda joylashtirilishi mumkin bo‘lgan erkin Java-platforma hisoblanadi.
Loyiha Google File System materiallarini qayta
ishlash natijasida
tug‘ilgan bo‘lib, katta
klasterlarda ishlaydigan taqsimlangan ilovalarni ishlashiga yordam beradi. Maxsulotda
MapReduce texnologiyasi qo‘llangan. SHunga ko‘ra ilova ko‘p sonli kichik masalalarga
ajratilib, masalalarning har biri ixtiyoriy uzelda ishlashi mumkin. Hadoop texnologiya
Facebook, Twitter, Rackspace i eBay kabi veb-loyihalarda foydalaniladi.
SHuningdek, IBM
,
EMC, Dell i Oracle kabi dasturiy maxsulotlarda qo‘llaniladi.
NoSQL yondashuv NoSQL atama “nafaqat SQL “ yoki “SQL emas” deganini anglatadi.
Mazkur atama 2009
yildan boshlab
, interet-texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning rivoji
ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berishga yangicha yondashuvlarni keltirib chiqarganda,
mashhurlashdi. Bu
paytga kelib
, dasturchilar an’anaviy relyasion ma’lumotlar bazasi o‘ta
qimmatga tushayotgani yoki etarlicha tez ishlamayotganligi kabi masala va muammolarga
ro‘para kelgan edilar. NoSQL-echim relyasion ma’lumotlar bazalaridan butunlay voz kechishni
yoki ularni almashtirishni ko‘zda tutmaydi. Afzalliklar sifatida quyidagilarni aytish mumkin:
• Kengayuvchanlik: mavjud an’anaviy MBBT lar
uchun gorizontal kengayish
masalasi
odatda juda qiyin va qimmat hisoblanadi. Ko‘p NoSQL-echimlar shu sababga ko‘ra
loyihalashtirilgan.
• Tezlik: hisoblash samarasi – muhim omillardan hisoblanadi. Ko‘p masalalar uchun
an’anaviy MBBT relyasion model, tranzaksiyalar, ishonchlilik va h.k. kabi xususiyatlarining
hammasi bir payitda kerak bo‘lavermaydi. Bu xususiyatlarning hammasi yoki ba’zilaridan voz
kechish NoSQL katta tezlikka erishishiga olib keladi.
• Replikatsiyalar: serverni ishdan chiqishi yoki tarmoqqa ulanib bo‘lmaslik ehtimolligi
ixtiyoriy axborot tizimidan ishonchliylik xususiyatini talab qiladi. Barqaror ishlashning asosiy
usuli – replikatsiya. Ma’lumotlar bazasinireplikatsiya rejimida ishlashga o‘tishi NoSQL-
echimlarning imkoniyatlaridan biri.
• Yaratish va boshqarishning oddiyligi. O‘rnatish va
sozlash masalalari
, relyasion MB ga
ko‘ra, oddiyroq va kam harajat bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun ishlab chiqish va tadbiq
etish tezligi muhim omillardan sanalgan loyihalarda ko‘pincha NoSQL-tizimlar tanlanadi.
Google trends ma’lumotiga ko‘ra noSQL texnologiyalarga bo‘lgan qiziqish regionlar bo‘yicha
quyidagicha. NoSQL texnologiyasi ma’lumotlar modelining keng to‘plamini taqdim etadi.