5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

To‘pni yurib olib yurish.
O‘yinchilar teng ikki guruhga
bo‘linib, o‘zaro parallel ikkita qatorga saflanadilar. Qator-
larning ro‘parasidan 10 — 15 metr nariga ikkita bayroqcha
qo‘yiladi. Qatorning boshida turgan o‘yinchilarda futbol yoki
basketbol to‘pi bo‘ladi. Rahbarning ishorasidan keyin bi-
rinchi o‘yinchi to‘pni yerga urib-urib, bayroqchaning atro-
fidan aylanib orqaga qaytib kelib, to‘pni ikkinchi o‘yinchiga
beradi. Ikkinchi o‘yinchi ham, o‘z navbatida, shartni baja-
rib, uchinchi o‘yinchiga beradi va h.k. Qaysi guruh bu
vazifani tez, xatosiz bajarsa, o‘sha guruh g‘olib sanaladi.
„Bo‘ron“ o‘yini.
 
Bu o‘yin ham xalqimiz orasida keng
tarqalgan bo‘lib, u yoshlarda tez harakatlanish, epchillik va
ziyraklik sifatlari yaxshi rivojlanishiga yordam beradi. O‘yin
keng maysazor yoki maydonda o‘tkazilishi mumkin. O‘yinda
qatnashchilar ikki guruhga bo‘linib, maydonning ikki
tomoniga saflanadilar. O‘yin uchun bir uchiga 300 grammcha


90
qum bilan qiðiq tugilgan ro‘molcha tayyorlanadi. Tugilgan
ro‘molchaning bir uchi ushlashga qulay bo‘lishi kerak.
Maydonning bir chekkasiga 1,5 metr chamasi doira chiziladi.
O‘yin hakam qo‘lidagi tugunchani maydonga qarab,
kamida 20—25 metrga otishi va bir yo‘la hushtak chalini-
shidan boshlanadi. O‘yin boshlangach, har bir o‘yinchi
tugunchani birinchi bo‘lib qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Shundan so‘ng, ular tugunchani bir-birlariga uzatishib,
maydon burchagida chizilgan doiraga olib kelib tashlashga
intilishadi. Qaysi guruh o‘yinchilari birinchi bo‘lib tugun-
chani marraga keltirib tashlasa, o‘sha guruh g‘olib deb
e’lon qilinadi. O‘yin qoidasi quyidagicha:
Bu o‘yin AQSH milliy sport turi „Regbi“ga o‘xshab
ketganligi uchun o‘yinchilar tugunchani bir-birlaridan kuch
ishlatib tortib olishlari mumkin.
O‘yin paytida bir-birini turtish, siltash, chalish, kiyimdan
ushlab qolish man etiladi.
O‘yinda har bir guruh 6 kishidan iborat bo‘lishi shart.
O‘yin 10 daqiqa davom etadi, har 4—5 daqiqada 3
daqiqa tanaffus qilib olinadi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin