5- amaliy mashg’lot. Elektron tarozi yordamida barglardagi kunlik transpiratsiya jadalligini aniqlash


Suvning o’tkazuvchi tomirlardagi harakati



Yüklə 198,48 Kb.
səhifə3/6
tarix18.05.2023
ölçüsü198,48 Kb.
#116027
1   2   3   4   5   6
5- Fiz.amaliy mashg\'ulot

Suvning o’tkazuvchi tomirlardagi harakati. O’simlik tanasi buylab ko’tariluvchi suv asosan ksilema to’qimalari bo’ylab harakat qiladi. Ksilema elementlari esa ildiz va poyadagi kambiyga xos hujayralardan hosil bo’ladi. Yetuk o’tkazuvchi tomirlar va traxeidlardagi hujayra devorlari yog’ochlangan bo’lib asosan suv o’tkazish vazifasini bajaradi. Lekin, yuqoriga ko’tariluvchi suvning 1-10% tirik hujayra devorlari bo’ylab ham ko’tariladi. Yuqoriga ko’tariluvchi suv oqimining ahamiyati. O’simlik tanasi bo’ylab ko’tariluvchi suv asosan uchta vazifani bajaradi. Birinchidan suv ildiz orqali o’simlikga kirgan moddalar va kimyoviy birikmalarni yuqoriga ko’tarilishiga va ularning yer ustki qismlarida to’planishiga olib keladi. Ikkinchidan yuqoriga ko’tariluvchi suv barcha hujayralarni suv bilan ta'minlaydi va ularning turgor holatini saqlaydi. Suv yetishmaganda o’simlik hujayralarida bo’linish jarayonlari tuxtaydi. Shuningdek, sintezlovchi fermentlarning faolligi pasayib, gidrolitik (parchalovchi) fermentlarning faolligi ortadi. Bu esa o’z navbatida hujayrada kichik molekulali qandlar va oqsillar miqdorining ko’payishiga va ularga ma'lum miqdorda suv bog’lanishiga olib keladi. Ushbu suv avval aytib o’tganimizdek hujayralarning avvalgi holatlarini tiklashi va fiziologik-biokimyoviy jarayonlarning muqobil borishiga xizmat qiladi (51-rasm ).
Transpiratsiya o’z-o’zini boshqaruvchi jarayon sifatida. Uchinchidan, yuqoriga ko’tariluvchi suv oqimi natijasida ro’y beradigan transpiratsiya o’simlikni o’sib ketishdan saqlaydi. Ammo, bu holat hozircha to’la aniqlanmagan. Chunki, issiqxonalarda havo namligi juda yuqori bo’lganligi tufayli transpiratsiya jadalligi unchalik kuchli emas, shunga qaramasdan o’simliklar isib ketmaydi. Ilashish nazariyasi XIX-asrning oxirlarida taklif qilingandir. Bu nazariyaga asosan ksilema kapillyar tomirlaridan suvning transpiratsiyaning so’rish kuchiga javoban ko’tarilishi, suv molekulalarining bir biri bilan ilashish kuchlari natijasida, ya'ni kogeziya hamda suvning o’tkazuvchi tomirlar gidrofil devorlariga yopishqoqlik kuchi ta'sirida, ya'ni adgeziya natijasida bo’ladi. Ammo ksilema bo’ylab suvning ko’tarilishi tezligi juda kichik. Masalan, o’rmon daraxtlarida suvning o’simlik bo’ylab ko’tarilish tezligi 20 sm3·s-1g/sm2 bo’lsa, nina bargli daraxtlarda bu ko’rsatkich 5 sm3·soat-1 g/sm2 atrofida bo’ladi (solishtirish uchun aytish mumkinki, qonning arteriyalar bo’ylab harakatlanishi tezligi 40-50 sm3·soniya-1/sm2). Ksilema tomirlaridagi suvning bunday kam tezligi ushbu tomirlar devorlarining unga bo’lgan qarshiligining ham kam bo’lishiga olib keladi. Suvning o’simlik tanasi bo’ylab ko’tarilishiga uning molekulalarining bir biriga tortishish potentsiallari kuchi ham katta ta'sir qiladi. Masalan, 20oC haroratda suv molekulalarining bir-biridan ajralishga nisbatan qarshilik potensial bosimi 30 MPa. Ana shu bosim potensialining o’zi ham ishqalanishga ketgan kuchni hisobga olgan holda ham suvni daraxt tanasi bo’ylab 120-130 metr balandlikka ko’tarishga etadi.



Yüklə 198,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin