Маvzuga doir masala va topshiriqlarning namunaviy yechimlari
1. Tovuq go‘shti va mol go‘shtining kesishgan talab elastikligi Etm=+0.28 ga teng bo‘lsin. Agar mol go‘shtining narxi 20 foizga ko‘tariladigan bo‘lsa, tovuq go‘shtiga bo‘lgan talab necha foizga oshishini aniqlang?
Yechimi: Kesishgan talab elastikligi formulasidan foydalansak, Etm=%Qt/%Pm, ushbu tenglikka ega bo‘lamiz 0,28=Q%/20%. Mazkur tenglikni yechib, Q%=0,28×20=5,6 qiymatga ega bo‘lamiz. Demak, mol go‘shtining narxi 20 foizga ko‘tarilsa, tovuq go‘shtiga bo‘lgan talab 5.6 foizga oshar ekan.
2. X tovarga bo‘lgan talab funksiyasi ushbu ko‘rinishda berilgan:
Qx=18-Px+2Py Y tovarning narxiga bog‘liq X tovarga bo‘lgan kesishgan talab elastikligini toping, agar ularning narxlari 4 va 3 dollarni tashkil etadigan bo‘lsa.
Yechimi: Qx=18-4+2×3=20
Qx/Py=2
Exy=Py/Qx× Qx/Py=3/20×2=0.3
3. Aytaylik biror tovarga bo‘lgan talab funksiyasi quyidagicha berilgan bo‘lsin:
Q=245-3.5P
Agar tovarning narxi 10 dollarga teng bo‘lsa, narxga bog‘liq talab elastikligini aniqlang.
Elastiklik koeffitsienti hisoblash uchun biz tovarning narxi (P), hajmi (Q) va dQ/dP larni bilishimiz lozim bo‘ladi. Tovarning narxi 10 dollar bo‘lganda,
Q=245-3.5×10=245-35=210.
dQ/dP=-3,5.
Endi esa, aniqlangan raqamlarni elastiklik formulasiga qo‘ysak, quyidagi natijani olamiz:
Mazkur -0.167 raqami shuni anglatadiki, agar tovarning narxi 1%ga o‘zgarsa talab hajmi 0.167 %ga o‘zgarishini bildiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tovarning narxi 10 dollar bo‘lganda talab noelastikdir.