5- ma’ruza tolali optik aloqa kabellari. Reja



Yüklə 268,34 Kb.
səhifə3/5
tarix17.12.2022
ölçüsü268,34 Kb.
#75908
1   2   3   4   5
5-ma\'ruza

Material dispersiyasi
Material dispersiyasi to‘lqin uzunligini tola materialining sindirish ko‘rsatkichiga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Natijada tola materiali orqali turli to‘lqin uzunliklari turli tezliklarda uzatiladi.
Optik tola asosan kvars shishasidan (SiO2) ishlab chiqariladi. Xar bir to‘lqin tola materialidan turli tezliklarda uzatiladi.
1-shaffoflik oynasida katta to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, qisqa to‘lqin uzunliklari kichik tezliklarda uzatiladi. Masalan: 865 nm to‘lqin uzunligi 835 nm ga nisbatan katta tezlikda uzatiladi.
Bunga teskari 3-shaffoflik oynasida qisqa to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, uzun to‘lqin uzunliklari nisbatan kichik tezlikda uzatiladi. Masalan: 1535 nm to‘lqin uzunligi 1560 nm ga qaraganda tezroquzatiladi.
2-shaffoflik oynasining 1310 nm to‘lqin uzunligi nol dispersiyali to‘lqin uzunligi deyiladi. Chunki 1310 nm to‘lqin uzunligida kvars shishasini sindirish ko‘rsatkichi minimal.
Material dispersiyasi bir modali tolalarda dispersiyani asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Uzatish tizimlarini tezliklari oshgan sari bitlar orasidagi interval kamayadi, natijada dispersiya oshadi.

To‘lqin uzatgichning xususiyatlari bilan bog‘liq dispersiya

To‘lqin uzatishbilan bog‘liq(tola) dispersiya – bu impulslarni tarqalish tezligini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidir.


Xar qanday real nurlanish manbalari ma’lum chastota polosasida to‘lqin uzunliklarini nurlantiradi desak, turli to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik impulslari toladan turli vaqt bo‘yicha kechikib keladi. Natijada boshlang‘ich impulslar buziladi. Signallarni turli to‘lqin uzunligida turli tezliklarda uzatilishi yuqorida keltirilgan edi.
Shuningdek yuqorida aytib o‘tilgandek 1310 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati minimal bo‘lib, nolga teng.
Dispersiyani nol qiymati so‘nish qiymatlari kichik bo‘lgan 3-tiniqlik oynasiga surilgan. Bu kvars shishasini ligerlash yordamida amalga oshiriladi. Bu tolalardan yuqori tezlikli tizimlarda, shunigdek oraliq punklar soni kam bo‘lgan signallarni uzoq masofalarga uzatishda qo‘llaniladi. 3.19-rasmda turli tolalar uchun xromatik dispersiya qiymatlarini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi keltirilgan [7].





3.19 – расм. Хроматик дисперсияни тўлқин узунлигига боғлиқлиги:
1 – тоза кварц шишасини хроматик дисперсия характеристикаси;
2 – силжиган дисперсияли толани хроматик дисперсия характеристикаси


Uzatish liniyasining xromatik dispersiya qiymati quyidagilarga sezgir:

  • tandem bog‘lanishlar sonini va uzatish liniyasi uzunligini oshishiga;

  • uzatish tezligini oshishiga.

WDM to‘lqin bo‘yicha (spektr bo‘yicha) zichlashtirilgan tizimlarda xromatik dispersiyaga quyidagilar ta’sir qiladi:

  • kanallar orasida qadamni kamayishi;

  • kanallar sonini oshishi.

Xromatik dispersiyani kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiyalash usullaridan foydalaniladi.


Yüklə 268,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin