haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik
dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga
kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va
bog‘liklikda,
taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishdir. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va
joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari
bilan bog‘liq va aloqador tarzda,
bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan
bog‘lanishlar orqali namoyon buladi.
Masalan, insoniyat tarixida bu usulga asosan yondashilganida, u uzluksiz tarzda ro‘y
beradigan avlodlar o‘rin
almashuvi, birining o‘rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni
meros qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor kilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan
jarayondir. Bashariyatning
muayyan davrida esa, shu zamonning ijtimoiy manzarasini
belgilaydigan turli urug‘ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va
yunalishlar, g‘oya va
mafkuralarning xilma-xil shakllarini ko‘rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda
namoyon bo‘lishini kuzatish mumkin.
Taraqqiyot jarayonida avlodlar, davrlar,
siyosiy tuzumlar, umuman ijtimoiy voqea va
hodisalar o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda codir bo‘lib, nom-nishonsiz yo‘qolib ketmaydi. Balki
ularning barchasi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa
va munosabatlarning xosilasi, ijtimoiy
jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati sifatida namoyon buladi. Bir davr ikkinchisining
o‘rniga, bir avlod oldingisidan keyin, bir voqea boshqasining ortidan sodir bo‘lib turadi. Ana shu
abadiy va azaliy uzluksizlik,
doimiy alokadorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va voqealarning
ketma-ketligi tarzidagi bog‘lanishlar, rivojlanish va taraqqiyot,
olamning rang-barangligi va
uyg‘unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: