5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali

Metodika. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va 
saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga 
asoslanadi. 
Usullarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa 
tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy 
faoliyat bilan bog‘liq. Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. 
YAngilik yaratish san’ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada 
shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani bog‘lovchi 
vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning 
metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday fanga oid qonun insonni voqeliqdagi narsa va 
hodisalarni shu fanga mansub sohaga mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish 
qonuni bir vaqtning o‘zida metodologik tamoyil bo‘lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik 
nazariyasi, hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir. 
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. 
Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar 
qurshovida harakat qiladi. Ba’zi hollarda bir narsani izlash jarayonida butunlay boshqa narsa 
yaratiladi. 
Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir 
daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. 
Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi 
chiroq bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda 
muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki unga eltuvchi 
yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin