5- mavzu. Boshqaruv usullari


Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usuli



Yüklə 17,96 Kb.
səhifə2/3
tarix16.08.2022
ölçüsü17,96 Kb.
#63137
1   2   3
5- Mavzu. Boshqaruv usullari

2. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usuli.
Xo`jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshkarish buyicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini kullash bilan bog`liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta`minlovchi ta`sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iktisodiy usullarni tuldirib, bozor iktisodiyoti konunlari. Huquqiy aktlarni xisobga olish va bajarishga asoslanadi.
Davlat maxsus to`zilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshkariladigan tizimga ma`muriy va tashkiliy jixatdan ta`sir utkazadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maksadga erishish uchun ishlab chikaruvchilarning xamkorlikdagi xarakati tartibga solinadigan ma`muriy xujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini kullash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi.
Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning ishlab chikaruvchilarga ta`sir etish manbaalari va yunalishlari buyicha turlarga ajratiladi. Bunga bog`liq xolda ta`sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruxga bulinadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom.
Ta`sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maksadi xamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya`ni, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va vakolatlarni taksimlash, tartib urnatish va x.k. Ma`muriy ta`sirning tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy reglamentlash va tashkiliy meyorlash turi mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshkariladigan tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va xar bir darajada boshqaruv chegaralarini aniklash maksadida ta`sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol kilib lavozimlar xakida Nizomni kursatish mumkin. Tashkiliy meyorlash xujjatlari vositasida xom-ashyo, materiallar sarfini meyorlash, maxsulotlar ishlab chiqarishga mexnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish texnikaviy va texnologik meyorlar (standartlar, meyorlar, kayta ishlov berish usuli, tartibi va x.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish meyorlari (maqbul ishlanma kulami).
Ta`sir etishning farmoyish usullari cheklovchi xujjatlarda ko`zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chikkan xolda kundalik jadal boshkarish maksadida kullaniladi. Farmoyish ta`sirining asosiy maksadi boshqaruv apparatining anik xarakati, boshqaruvning barcha bulinma va xizmatlari barqaror ishlashini ta`minlab berishdan iborat. Ta`sir etishning farmoyish usullari buyruk, farmoyish, kursatma va boshka meyoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Buyruk - bu raxbarning qo`l ostidagi xodimlardan ma`lum vazifani bajarishni yozma yoki og`zaki ravishda talab qilishidadir. Buyruk faqat chiziqli boshqaruv tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farmoyish - xodimlardan ayrim ishlab chiqarish va xujalik masalalarini xal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshlik urinbosarlari, xizmatlar boshliklari, ular ega bo`lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv amaliyotida kullaniladigan ta`sir qilish usullaridan biri - ogzaki kursatmadir. Ta`sir qilish usullaridan biri - ogzaki kursatmadir. Ta`sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi raxbarlar, lekin ko`pincha kuyi darajadagi komandirlar, brigada boshliklari, ustalar kullaydilar.
Farmoyish vositasida ta`sir etish bajarish muddatlari bilan fark kiladi. buyruk va farmoyishlar o`zok yoki kiska muddatda muljallangan buladi.
Korxonani boshkarishda farmoyish bilan ta`sir etish fakat konunga zid bulmagan xoldagina bajarilishi kat`iy bo`lgan huquqiy kuchga ega buladi. SHu sababli barcha tizimdagi tashkiliy-farmoyish faoliyati mavjud konunchilikka buysungan xolda amalga oshishi lozim.
Intizomiy ta`sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta`sir etish usullarini tuldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy alokalar barqarorligini ta`minlashga karatilgandir.



Yüklə 17,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin