Toshli devorbop materiallar quyidagilar bo’yicha sinflarga bo’linadi:
Toshli devorbop materiallar quyidagilar bo’yicha sinflarga bo’linadi:
Buyum turi;
Vazifasi;
Foydalaniladigan xom ashyosi va mahsulot tayyorlash usuli;
Zichligi;
Issiqlik o’tkazuvchanligi;
Siqilishdagi mustahkamligi.
Foydalanishiga ko’ra tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi:
Foydalanishiga ko’ra tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi:
Tashqi va ichki devorlarni qurish uchun oddiy;
Bino va inshootlarning devorlarini pardozlashda foydalaniladigan – yuza uchun.
Foydalaniladigan xom ashyosi va tayyorlash usuliga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
Giltuproq, trepel, diatomit va boshqa xom ashyodan plastik yoki nimquruq usulda presslab tayyorlanadigan va qizdirib pishirilganda sopolga aylanadigan;
Ohak va qumni yoki boshqa kremnezetarkibli va ohaktarkibli komponentlarni presslab tayyorlangan va avtoklavda qotadigan;
Mineral bog’lovchi (tsement, ohak, gips bog’lovchisi, shlak va boshq.) g’ovak yoki zich to’ldiruvchilardan tashkil topgan qorishmani tabiiy yoki issiqlik ishlovi berish natijasida qotuvchi;
Zichligi bo’yicha (kg/m3) tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi:
Zichligi bo’yicha (kg/m3) tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi:
O’ta yengil (600gacha);
Engil (600...1300);
Engillashtirilgan (1300... 1600);
Og’ir (1600...2200).
Issiqlik o’tkazuvchanligi bo’yicha tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi: