5- Mavzu.Immunoglobulinlar tuzulishi vazifalari. Reja: 1. Immunoglobulin to’grisida ma’lumot.
2. Immunoglobulin va uning xususiyatlari.
3. Antitela to’grisida ma’lumot.
Immunoglobulinlar: strukturasi, funksiyalari.
Antitela antigenga ularning hosil bo’lishini o’ziga xos tarzda belgilab bergan globulinlardan iborat bo’ladi. 1964-yildan boshlab antitelalarni immunoglobulinlar deb atash boshlangan.Immunoglobulinlarning tuzilishi hamda vazifasini tahlil qilishda ikki tushunchani: geterogenlik hamda variantlilikni anglab olish zarur. Geterogenlik molekulalarning doimiy qismi bilan, ya’ni izohlanadigan immunoglobulinlarning xossalarini aniqlab beradi, ya’ni mazkur oqsillarning barcha guruhini sinflarga (klasslarga), turkumlarga allogenlarga hamda yengil zanjir turlariga ajratish imkonini beradigan o’ziga xos tarkibiy xususiyatlari bilan aniqlanadi. Geterogenlik yana immunoglobulinlarning antigenlar bilan o’ziga xos ta’sirlashishidan tashqari, ularning turli xil klasslari funksional faolligidagi farqlanishlarni ham nazarda tutadi. Variantlilik – bu bir turdagi sinf yoki turkumga oid bo’lgan immunoglobulinlarning individual xarakteristikasi sanaladi. U o’ziga xos antigenni bog’lovchi faoliligida namoyon bo’lib, oqsildan oqsilga ketma-ket aminokislotalarning qoldiqlari molekulalarning N – uchli qismiga o’zgarida namoyon bo’ladi.
Sut emizuvchilarda tuzili jihatdan umumiy bo’lgan, ammo og’ir (murakkab) zanjirlarning (N) tuzilishi, fizik, kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan ajralib turadigan immunoglobulinlarning besh: IgM, IgG, IgA, IgD, IgE turlari farqlanadi.
IgG – bu zardobida o’ta yuqori konsentrasiyaga ega (12,0 g/l) bo’lgan antitela sanaladi. Zardobdagi IgG konsentrasiyasi 7 yoshga yetganda me’yoriga yetadi. IgG konsentrasiyasining ortishi infeksiyalarda, jigar hastaliklarida, autoimmun kasalliklarida kuzatiladi. IgG konsentrasiyasining pasayishi (tushib ketishi) yangi tug’ilgan chaqaloqlarda, immun tizimining sekinlik bilan yetilishida hamda gumoral immunitetning yetishmasligida kuzatilishi mumkin. IgG – plasenta (kindik) orqali o’tish xossasiga ega hamda shu tufayli homila onaning antitelalarini olishi mumkin bo’lgan yagona immunoglobulindir. IgG molekulalari qon plazmasidan erkin tarzda to’qima suyuqliklariga kirib boradi.
IgM – zardob tarkibidagi IgG n ng o’rta konsentrasiyasi ayollarda 1,1 g/l gacha, erkaklarda esa - 0,9 g/l gacha bo’lgan miqdorni tashkil qiladi. IgM ortib ketishi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda, o’tkir gepatit bo’lganda, kuzatilsa, uning tushib ketishi – immunoglobulin yetishmasligining alohida shakllarida namoyon bo’ladi. Antibakterial immunitetda biroz faollik ko’rsatadi hamda ba’zi bir autoimmun kasalliklarida ham. IgM ko’proq limfada, qon plazmasida joylashgan bo’ladi. IgM plasenta (kindik) orqali o’tmaydi. Homilada IgM klass antitelalarining topilishi homila ichila infeksiya borligidan dalolat beradi.
IgA – zardob hamda sekretor bo’ladi. Zardobdagi konsentrasiya o’rtacha 2 g/l ga yetadi. Zardobdagi IgA miqdori o’rtacha o’n yilda me’yoriy holatga yetadi. Zardobdagi IgA ning ortiqcha miqdori yangi tug’ilgan go’daklarda infeksiyalar tushishida, resperatorli hamda ichk kasalliklarida; konsentrasiyaning kamayib ketishi esa – immun yetishmasligida hamda limfoidli shishlar (o’smalar) bo’lganda kuzatiladi. IgA saqlovchi bezlarda sekretor (bezli) komponent – SCgi o’xshash ifodalanadigan qo’shimcha strukturali komponent bo’lishi bilan xarakterlanadi.
IgA ning biologik vazifasi shilliq qavatlarni infeksiyalardan mahalliy himoya qilishda ochib beriladi. Sekretorli (bezli) IgA bakteriyalarning epitelial xo’jayralariga yopishishiga qarshilik qilishi va shu orqali bakteriyalar bilan shilliq qavat kologizasiyasini qiyinlashtirib qo’yishi mumkin. Zardobli IgA dan farqli ularoq sulakdagi sekretorli IgA konsentrasiyasi deyarli katta kishilardagi qiymatga bola tug’ilgandan so’ng 6-8 kundayoq yetib oladi.
IgD – g’ayri oddiy miyeloid oqsil kabi ochilgan (kashf etilgan) edi. So’ngra uning
qon zardobida topilishi uncha katta miqdorda emas – 30 mg/l.
IgD biologik funksiyasi aniq emas, u V-limfositlar uchun reseptor vazifasini
bajaradi degan taxminlar bor.
IgE – zardobdagi konsentrasiyasi 0,25 mg/l ni tashkil qiladi. IgE avvallari