5- mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja


V. Xulq va faoliyatni stimullashtiruvchi metodlar



Yüklə 56,62 Kb.
səhifə5/8
tarix27.04.2023
ölçüsü56,62 Kb.
#103616
1   2   3   4   5   6   7   8
5- mavzu tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja

V. Xulq va faoliyatni stimullashtiruvchi metodlar.
Taqdirlash — bu tarbiyalanuvchi va guruh a’zolarini xulq-atvorini, xatti- harakatlarini, fazilatlarini ijobiy baholash, ma’qullashda ifodalanadi. U o‘z kuchiga ishonish, ijobiy o‘z-o‘zini baholash, qoniqish hissini uyg‘otib, tarbiyalanuvchilarni o‘z xatti-harakatarini ijobiy o‘zgarishiga stimullashtiradi. Tarbiya jarayonida rag‘batlantirishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

  1. o‘quvchining zimmasiga mas’uliyatli vazifani yuklash;

  2. maqtash;

  3. estalik sovg‘asini berish;

  4. maqtov yorlig‘i bilan taqdirlash;

  5. maxsus stipendiyalar tayinlash;

  6. qo‘llab-quvvatlash;

  7. fotosuratni hurmat taxtasiga qo‘yish;

  8. jamoa nomidan minnatdorchilik bildirish;

  9. safda birinchi o‘rinda turishini ta’minlash;

  10. musobaqalarda bayroqdor bo‘lishiga imkoniyat yaratish;

  11. nomini maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali qayd etish.

Tarbiya jarayonida rag‘batlantirish metodlarini samarali qo‘llay olish uchun
rag‘batlantirishning mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo‘lishi; ketma-ket bo‘lmasligi; o‘quvchini yoki uning xatti-harakatlarini haddan oshirib maqtamaslik; ularni boshqa o‘quvchilarga taqqoslab ko‘rsatmaslik; o‘quvchini kamsitmaslik; talabchanlikni bo‘shashtirmaslik kabilarga e’tibor qaratilishi lozim.
Jazolash — bu xulq normalariga qarama-qarshi bo‘lgan xatti-harakatlarni salbiy baholashda ifodalanadi. Jazolash metodi salbiy xatti-harakat sabablarini tahlil etishni, o‘quvchi shaxsini kamsitmaslikni, obdon o‘ylab chiqilgan xatti- harakatlarni talab etadi. Jazolash tanbeh, ogohlantirish, suhbat, boshqa guruhga o‘tkazib yuborish, maktabdan chetlatish shakllarida bo‘lishi mumkin. Jazolash o‘quv tarbiyaviy muassasadagi tarbiyaviy holat, pedagoglarni madaniyati va jamoaning rivojlanganlik darajasi bilan uzviy bog‘liq. Tarbiya jarayonida jazolash metodini qo‘llashda quyidagi jazo choralari qo‘llaniladi:

  • tanbeh berish;

  • ogohlantirish;

  • uyaltirish;

  • hayfsan berish.

Tanbeh berish eng muhim jazo chorasi bolib, oqituvchi oquvchiga yuzma- yuz turib tanbeh beradi va buni kundaligiga yozib qoyish mumkin.
Ogohlantirish - sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladigan tarbiyaviy usul.
Uyaltirish - o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish usuli. Bolalarni tarbiyalashda shu his- tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish, qizartiraverish yaramaydi.
Hayfsan berish o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash bo‘lib, u tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermagan holatlarda qo‘llaniladi.
Jazolash metodini qo‘llashda jismoniy jazoni qo‘llash, o‘quvchilarni urish, kaltaklash, qo‘rqitish, g‘azablantirish, jismonan va ruhan azoblash, tahqirlash, sha’nini yerga urish kabilar taqiqlanadi.
O‘quv tarbiyaviy muassasalarda stimullashtiruvchi metodlardan biri musobaqa keng qo‘llaniladi. Bu metod g‘oyaviy-siyosiy va formal harakterga ega bo‘lib, u yordamchi metod sifatida qo‘llaniladi.
Ta’kidlash joizki, har qanday metod ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimi bilan uzviy bog‘liq. Tarbiya amaliyoti tarbiyachilar oldiga tarbiyalanuvchilarga ta’sir etish uchun tarbiya metodlarini tanlash va qo‘llash vazifasini qo‘yadi. Tarbiya metodlarini tanlash va qo‘llash o‘z navbatida: tarbiya maqsadi va mazmuniga, tarbiyalanuvchilarni tarbiyalanganlik darajasiga, shaxslararo munosabatlarning rivojlanganlik darajasiga, tarbiyachining obro‘siga va tajribasiga, tarbiyalanuvchlarning yosh va individual xususiyatlariga bog‘liq.
Shu bilan birgalikda tarbiyachini tarbiya metodlarini tanlashi uning tajribasiga, madaniyatiga, yoshiga, harakteriga, temperamentiga ham bog‘liq.
D. Nazorat, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini baholash metodlari.
Ushbu metodlar tarbiya natijasini tahlil qilish va baholashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bularga so‘rov metodlari (suhbat, anketa,), test, faoliyat natijalarini tahlil qilish kabi metodlar kiradi. Nazorat metodlarining asosiy vazifasi tarbiya jarayonining maqsadiga erishilganlik darajasini va tarbiya natijasi bo‘yicha uning samaradorligini baholash.
Ushbu natijalar bo‘yicha tarbiyachini kasbiy tayyorgarligi ham baholanadi. Ikkinchi tomondan bu metodlar yordamida tarbiyalanuvchilarning tarbiyalan- ganligi to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni tanishtirib, muammolarni muhokama qilish, ularga psixologik pedagogik yordam berish mumkin. O‘z-o‘zini nazorat va baholash metodlari o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari hisoblanadi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi idora qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan usullardir. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlarining tarbiyalovchilik harakteri o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi idora qilishlar, o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy mavqeini oshirishning ta’sirchan vositasi ekanligida aks etadi. Mazkur metodlar o‘quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqillikka undaydi.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish metodi. O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usulidir.
O‘z-o‘zini baholash metodi. O‘z-o‘zini baholash shaxs tomonidan mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish orqali o‘ziga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli bo‘lib, u shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. O‘z-o‘zini baholash o‘quvchi uchun shaxsiy imko­niyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishiga yordam beradi.
Zamonaviy tarbiyachi uchun dunyoning rivojlangan davlatlarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda tarbiyani qaysi metodlari ko‘p qo‘llanilayotganini bilishi ahamiyatlidir. Tarbiyaga bo‘lgan g‘arbcha yondashuvda, asosan metodlar tizimini shakllantirishda bixeviorizm psixologiyasi va psixoanalizga asoslaniladi.
Tarbiya vositalari
Tarbiya vositasi — kam o‘rganilgan pedagogik kategoriya hisoblanadi. Biroq oxirgi yillarda ushbu muammoni o‘rganish dolzarbligi oshganligi kuzatilmoqda. Sababi maktab, o‘qish, kitob, o‘qituvchi nutqi, ota-ona so‘zi bolaga ta’sir etishning, shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omili, yagona manbai bo‘lmay qoldi.
Pedagoglar shaxsni ijtimoiylashuvi, muhitni pedagoglash- tirilayotganligi, ta’limiy muhitni yaratilishi to‘g‘risida ko‘plab fikrlar bildirmoq- dalar. Bu o‘z navbatida yoshlarni shakllanishida maktab va o‘qituvchidan tashqari boshqa omillarni ta’siri yuqori bo‘layotganligidan dalolat beradi. Bularga ommaviy axborot vositalari ma’lumotlari, kompyuter va internet, reklama va ommaviy madaniyat, yoshlar madaniyati, globallashuv, axborotlashuv jarayonlari kiradi.
Boshqacha aytganda zamonaviy bola, o‘smir, o‘spirin axborotlar makonida yashayapti va shakllanmoqda. Pedagogik maqsadlarga erishishda tarbiyachilardan barcha manbalarni, omillarni, vositalarni mazmun-mohiyatini bilish talab etiladi. «Vosita» tushunchasi izohli lug‘atlarda bir necha ma’nolarni bildiradi. Vosita bu birinchidan - maqsadga erishishdagi harakat usuli, ikkinchidan - biror narsa uchun qo‘llaniladigan predmetlar, moddiy qadriyat, uchinchidan - falsafa, iqtisodda «vosita» xomashyo, inson faoliyati obyekti, ishlab chiqarish uchun dastlabki material, to‘rtinchidan, pedagogikada ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan mehnat qurollari, narsa va predmetlar yig‘indisi.
Taraqqiyot natijasida bolaga pedagogik ta’sir etish vositalari ko‘lami ortib borganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘z davrida taniqli rus pedagogi K.D. Ushinskiy tarbiya vositalarini (o‘qish, mehnat, o‘yin, oiladagi va maktabdagi bola hayoti, uni tashqi olam bilan munosabati, hamkorlikdagi ish va muloqot)dan iborat deb ta’kidlagan edi. XX asr boshlarida amerikalik pedagog Dj. Dyui va rus pedagogi A.S. Makarenko o‘zlarining tarbiyaviy yondashuvlarida, pedagogik amaliyotlarida tarbiya vositalariga o‘qish bilan birgalikda mehnat, bolalarni ijtimoiy-jamoaviy faoliyati, o‘yin, san’atni ham kiritganlar. Makarenkoning ta’kidlashicha, «maktab, kun tartibi, maktab hayotidagi barcha narsalar» tarbiya vositasidir deb fikr bildirgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib tarbiya vositasi deganda birinchidan-umumiy ma’noda barcha ijtimoiy, madaniy, tabiiy borliqni, barcha ijtimoiy institutlar va sivilizatsiyani yaratishni, ikkinchidan-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan narsa va predmetlarni tushunamiz.
O‘z navbatida narsa va predmetlar o‘z joyida turganda tarbiya vositasi bo‘la oladimi degan savol tug‘iladi. V.I.Juravlevning fikricha, buyum va narsa tarbiya vositasi emas, u qachonki tarbiyalanuvchi faoliyatida ishtirok etsagina tarbiya vositasi bo‘la oladi.
V.S. Selivanovaning fikricha, tarbiyalanuvchilarning faoliyat turlari (o‘qish, mehnat, o‘yin, muloqot) bu tarbiyaning fundamental vositalaridir. Pedagogika va psixologiya inson o‘z malakalarini, xulq-atvor modelini, qadriyatlari, hissiyotini odamlar bilan muloqot qilish jarayonida shakllantiriladi va rivojlantiradi deb ta’kidlaydi. Shuning uchun pedagog, sinf rahbari tarbiya maqsadiga erishish uchun tarbiyalanuvchlarni turli faoliyatlarini tashkil etishni bilishi kerak.
Har qanday maktabda bolalarni darsdan tashqari faoliyatlarini tashkil etish o‘qituvchining asosiy ish sohasi hisoblanadi.
Maktablarimizda sinfdan tashqari faoliyatning quyidagi turlari: bilish, qadriyatga yo‘naltirilgan, ijtimoiy, estetik, dam olish, texnik, sport, sog‘lomlashtirish faoliyatlari tashkil etiladi.
Bilish faoliyati o‘quvchilarda bilishga qiziqishni rivojlantirish, bilishlarni to‘plash, aqliy qobiliyatni shakllantirish maqsadida ekskursiya, olimpiada, konkurs, ilmiy konferensiya shakllarida tashkil etiladi.
Qadriyatlarga yo‘naltirilgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra dunyoga bo‘lgan munosabatni shakllantirish jarayonidir. Bunda e’tiqod va qarashlar shakllandi. Sinf rahbari ijtimoiy axloqiy muammalar bo‘yicha suhbatlar, sinf majlislari, munozaralar tashkil etib, o‘quvchilarda hayotga bo‘lgan qarash va munosabatlarni shakllantirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy faoliyat o‘quvchilarni maktabni boshqarish organlarida, o‘z-o‘zini boshqarish organlari ishida, maktabdagi turli o‘quvchilar va yoshlar tashkilotlarida, mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy aksiyalarda ishtirok etishlarini, ifodalaydi. Bu o‘z- o‘ziga xizmat ko‘rsatish, maktab hududini tozalash, kecha va bayramlar shaklida tashkil etiladi.
Estetik faoliyat bolalarni badiiy hissiyotini, qiziqishlarini, madaniyatini, qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bu konkurs, konsert, festival, teatrga borish shakllarida amalga oshiriladi.
Dam olish faoliyati mazmunli, rivojlantiruvchi dam olishni ifodalab, dam olish kechalari, musabaqa, o‘yin, bayramlar kechalarini tashkil etish shakllari amalga oshiriladi.
Tarbiya shakllari
O‘quvchilar faliyati turlari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakli bilan uzviy bog‘liq. Shakl hodisa va jarayonni ichki mazmunini tashqi tomondan uning tuzilishini tashkil etishni ifodalaydi. Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati sifatida aniq tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi. Ta’limni tashkil etish shakli muammosi tarbiya jarayonini tashkil etish shakliga nisbatan ko‘p o‘rganilgan soha hisoblanadi. Shakl tashkiliy tomonni aniqlab, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni qanday sharoitlarda kim, qayerda, qanday, qachon tashkil etilishini ifodalaydi. Demak, tarbiyaviy ishlar shakli

  • bu aniq tarbiyaviy jarayonni vazifasi, mazmuni, metodlari amalga oshiriladigan tadbir, pedagogk tasirning tashkiliy tuzilishidir.

Shakl tarbiya jarayonining qismi sifatida uning maqsadiga, mazmuniga, metodlariga bog‘liq. Shuning uchun tarbiya shakli aniq tarbiyaviy vaziyatlarga bog‘liq bo‘lib, ular turli xil, ijodiy takrorlanmas harakterga ega.
Tarbiya jarayonini tashkil etish shaklini turkumlashga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan: N.E.Shurkova tarbiya shaklini asosiy faoliyat turi bo‘yicha, bilish faoliyati, mehnat faoliyati, ijtimoiy foydali faoliyat, estetik faoliyat, jismoniy-sog‘lomlashtirish, qadriyatli faoliyat shakllariga ajratgan.
N.I.Boldirev tarbiyaviy ishlar shaklini tarbiyaviy ta’sirni metodlarga bog‘liqli- giga asosan tarbiya shaklini: og‘zaki - (suhbatlar, ma’ruza, konferensiya, uchrashuv);
amaliy - (ekskursiya, spartakadialar, olimpiada, konkurslar, shanbaliklar);
kuzatish - (devoriy gazeta, muzeyga borish, ko‘rgazma, stendlar) shakllariga bo‘lgan.
An’anaviy pedagogikada tarbiya shaklini o‘quvchilar miqdoriga ko‘ra: yakka, guruhli, jamoa, ommaviy.
Vazifasiga ko‘ra: madaniy, sport, huquqiy.
O‘tkazish xususiyatiga ko‘ra: ma’ruza, suhbat, munozara, uchrashuv, madaniy tadbirlar.
O‘tkazish joyiga ko‘ra: o‘quv-tarbiyaviy, mehnat-tarbiyaviy, maktabdan tashqari, sport-tarbiyaviy.
O‘tkazish vaqtiga ko‘ra: rejali, profilaktik, yakuniy shakllariga ajratilgan.
Zamonaviy tadqiqotchilar maktabdagi tarbiyaviy vazifalar bo‘yicha darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar shakllarni quyidagi uch guruhga ajratmoqdalar:

  1. maktab hayotini boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish shakllari - majlis, sinf soati, lineyka, namoyish, o‘z-o‘zini boshqaruv organlari majlisi;

  2. bilish shakllari — ekskursiya, poxodlar, festivallar, mavzuli kechalar, ko‘rgazmalar; dam olish shakllari —ertaliklar, kechalar.

Yuqoridagilardan ma’lumki, tarbiya jarayonini tashkil etish shakli klassifi- katsiyasida yagona fikr mavjud emasligini kuzatishimiz mumkin. Tarbiyachi tomonidan nomigagina hisob-kitob uchun o‘tkazilgan tadbirlar salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.Tarbiya shaklini tashlash omillariga quyidagilar kiradi; tarbiya maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyachilar yoshi, tarbiyalanuvchilarning tarbiyalanganlik darajasi, hudud xususiyatlari va an’analar, maktabning texnik va moddiy imkoniyatlari, o‘qituvchining pedagogik mahorati.
Tarbiya jarayonini tashkil etishning og‘zaki-mantiqiy shakllarida tarbiya- lanuvchilarga ta’sir etishning asosiy vositasi o‘quvchilar hissiyotini uyg‘otuvchi, unga emotsional tus beruvchi so‘z bilan ishontirish, ya’ni so‘z hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor ma’lumot almashishga, muammoni muhokama qilishga, o‘quvchilarni xabardor qilishga e’tibor beriladi.

  • tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda tarbiyachi tomonidan quyidagilarga e’tibor berilishi maqsadga muvofiq:

  • tadbirning nomlanishini, vazifalarini, shaklini aniqlash;

  • mazmun bo‘yicha materiallarni to‘plash;

  • ish ketma-ketligini rejalashtirish;

  • ishtirokchilarni tayyorlash;

  • tadbirni o‘tkazish;

  • tahlil va o‘z-o‘zini tahlil qilish.


Yüklə 56,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin