Mavzu: Organizmlarning muhitga moslashganligi va uning xillari. Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga organizmlarning muhitga moslashganligi va uning xillari haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Organizmlarning muhitga moslashganligi va uning xillarini tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalar organizmlarning muhitga moslashganligi va uning xillari haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar:Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarni ekran orqali namoyon qilish.
Yangi mavzuning rejasi: Hayvonot dunyosida moslashish.
Ogohlantiruvchi rang va mimikriya.
O’simliklar olamida moslashish.
Organizmlardagi moslanishlarning paydo bo’lishi.
Mavzu mazmuni:
Moslanish deyilganda, tirik organizmlarning ma’lum muhitda yashab, nasl qoldirishi tushuniladi. Moslanish organizmlarning yashovchanligi, raqobatchanligi, normal nasl qoldirishi bilan uzviy bogiiq. Yashovchanlik-organizmlarning o‘zi tarqalgan muhitda genotipini keskin o‘zgartirmay normal yashashidir. Odatda, ontogenezning turli bosqichlarida ro‘y beradigan mutatsion o‘zgaruvchanlik ko'pgina hollarda organizmlarning yashovchanligini pasaytirib yuboradi, ba’zan esa o‘limga sabab bo‘ladi. Raqobatchanlik. Bu organizmlarning o‘lik va tirik tabiat, shu jumladan, oziq topish, boshqa jins bilan qo‘shilish, yashash joyini egallashdagi qarshiliklarni yengishidir. Ayrim hollarda organizm yashovchan bo'lsada, uning raqobatchanligi sust rivojlanadi.
Hayvonlarning himoya rangi ham xilma-xil va ajoyib. Ko‘pgina hayvonlar tanasining rangi atrofdagi muhitga moslashgan bo‘ladi. Masalan, uzoq shimol faunasi-ayiq, tovushqon, kaklik oq rangda, cho‘l hayvonlari-ilon, toshbaqa, echkemar qum rangida bo‘ladi. Doim yashil o‘tlar orasida yashaydigan beshiktervatar, ko‘p shiralar yashil rangda, daraxtlarda hayot kechiradigan qushlar-boyo‘g‘li, kakku patining rangi bilan daraxt po'stlog'ini eslatadi. Himoya rangi dushmandan saqlanishda muhim ahamiyatga ega. U hayvonlarga o‘z hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Himoya rangining 4 xili mavjud. Bular niqoblanish, namoyish qilish, ma’lum narsalarga taqlid qilish va mimikriyadir. Odatda, himoya rangi niqoblanishning bir turidir, kriptik rang, bilintirmay qo'yadigan aks soya va chalg‘itadigan rang niqoblanishning aniq turlaridir. Bilintirmay qo‘yadigan aks soya. Bunda hayvonning yelka tomoni to‘q, qorin tomoni esa och rangda boiadi. Bu holat qurtlar, baliqlar, ilonlar, ko‘pgina sutemizuvchilar, qushlarda namoyon boiadi.
Ogohlantiruvchi rang kriptik rang hodisasiga qarama-qarshidir. Bunda hayvonlarda ko‘zga yaqqol tashlanadigan qizil, qora, sariq, oq ranglar bir-biriga qo‘shilib ketadi. Xonqizi, tillaqo‘ng‘iz, yarqiroq kapalaklar, qovoqari va oddiy arilar ogohlantiruvchi rangli hasharotlarga misol boladi. Taqlid qilishning yana bir xili mimikriya hodisasidir. Mimikriya bir qancha olimlar tomonidan o‘rganilgan. Chunonchi, Uolles Malayya arxipelagida tarqalgan va Papilio avlodiga mansub kapalaklarda mimikriya hodisasini kuzatdi va uning sabablarini tushuntirib berdi. U shuningdek, Kallima parallecto kapalagi qanotlarining old va orqa tomonlari turli rangda ekanligini, xavf-xatar tug‘ilgan vaqtda u qanotlarini birlashtirib, so'ligan barg shakliga kirishini va shu tufayli dushmandan o‘zini himoya qilishini aniqlagan.
Mimikriya deganda, bir organizmning rangi va shakli jihatdan boshqa organizm yoki uning ayrim organlariga, tashqi muhitdagi narsalarga o‘xshashligi tushuniladi. Mimikriya 2 xil bo‘ladi. 1862-yiIi Bets dushman tomonidan ko‘plab iste’mol qilinadigan kapalaklar soxta ogohlantiruvchi rangga ega bo‘lsa, ya’ni tashqi qiyofasi bilan yeb bo‘lmaydigan ogohlantiruvchi rangga ega kapalaklarga o‘xshash bolsa, dushmandan himoyalanishi mumkin ekanligini kuzatgan. Mazkur faraz yordamida olim Janubiy Amerikada tarqalgan o‘zaro qon-qarindosh bolmagan kapalaklarning rang tomondan o‘xshashligini tushuntirib berdi.
Takrorlash uchun savollar Organizmlar irsiyatining moddiy asosi nima?