Haydovchi quduqlar ishlash rejimini belgilash. Qatlamga suv haydash usuli bilan neft chiqarish jarayonida haydovchi quduqlar faoliyatini tartibga solish katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, haydovchi quduqlar ishini qoidali qilish va uning miqdorini belgilash g’sha jarayoning beradigan natijasining garovidir. Kollektorlik xususiyatlari notekis holatlarda qatlamga haydaladigan suvning undan olinayotgan suyuqlik miqdori bilan belgilanadi. Xuddi shu sababdan haydovchi quduqlarga haydaladigai suv, undagi bosim va shu kabilar uch oyda bir marta qayta kg’rib chiqiladi, ular xujjatlashtiri-ladi. YAna shuni ta’kidlash lozimki, qatlamga haydaladigan suv miqdori undan olinadigan suyuqlik mqdoriga hamohang bg’lishi lozim. SHuning uchun ham ba’zan qatlamga suv haydash jarayonida hosil bg’lgan qatlam bosimi uning dastlabki kg’rsatkichidan 10 -20% ortiq bg’lishi mumkin. Undan tashqari olinayotgan suyuqlikni g’rni bosilmayotgan bg’lsa, qatlamga haydalishi lozim bg’lgan miqdorni yana 30 -50% ga ortirish mumkin. Albatta bunda quduqlarning va ulardagi asbob-uskunalarning imkoniyati hisobga olinadi.
Agar qatlamning g’lchami katta va undagi jinslarning notekisligi anchagina bg’lsa, haydovchi quduqlarning vazifasi har bir maydon uchun ularning guruhi bg’yicha belgilanadi va shundan sg’ng har bir quduqning imkoniyatlari hisobga olinadi. Maydonlarning ajratilishi esa g’sha erda joylashgan haydovchi va oluvchi quduqlarning g’zaro munosabatiga hamda qatlamning tuzilishini aniq g’rganish asosida qg’lga kiritilgan xulosalarga asoslanadi. Bg’laklarga bg’lishda albatta haydovchi quduqlarning oqilona joylashishi va ularning ta’sir doirasiga e’tibor qilish lozim bg’ladi. Haydaladigan suyuqlik miqdorini tartibga solish va boshqarish ham har bir maydonning holatini qg’shni maydonlar bilan hamkorlikda olib boradi. Lekin bir maydon hisobiga ikkinchi maydondan suyuqlik olish va suv haydash ishlari albatta me’yoridan ortmasligi lozim.
Kg’p qatlamli ob’ektlarda haydaladigan suv miqdori hamma qatlamlar hajmini inobatga olgan holda olib boriladi. Bu ishlarni malakali amalga oshirishda qatlamga kirib kelayotgan suv miqdorini g’lchovchi asboblar (rasxodometr) bilan bajariladi. Agar olinayotgan miqdor suyuqlik haydalayotgan suvdan, ortiq bg’lsa, haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanlik xossalarini oshirish chorasi kg’riladi. Bunda haydovchi quduqlar tubidagi g’tkazuvchanlikni yaxshilashga harakat qilinadi. Lozim bg’lganda qg’shimcha haydovchi quduqlar qazish tavsiya etilishi mumkin.