4.Xulosa Shunday qilib, chiqish toki bo‘yicha manfiy TA zanjiri kiritilishi kuchaytirgich chiqish qarshiligini oshiradi. Manfiy TA yordamida kuchaytirgichdagi nochiziqli buzilishlar va xalaqitlar kamaytiriladi. Gap shundaki, hosil bo‘lish tabiatidan qat’i nazar, kuchaytirgich chiqishidagi har qanday signal F maria kamayadi. Natijada, tranzistor ishlashi aktiv element VAXining kichik sohasida amalga oshadi va garmonikalar koeffitsientining kamayishiga olib keladi. Fizik tomondan bu, manfiy TA kuchaytirgich VAXning nochiziqligi kichik sohalarida ishlashini ta’minlashini anglatadi. Manfiy TAli kuchaytirgich uchun nochiziqli buzilishlar koeffitsienti K GTA uchun yozish mumkin.