5-Laboratoriya ishi: Windows operatsion tizimi va uni kompyuterga o`rnatish



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə1/4
tarix15.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#143764
  1   2   3   4
3MI kom ta\'minoti

5-Laboratoriya ishi: Windows operatsion tizimi va uni kompyuterga o`rnatish


Windows OT ini o'z kompyuterga o`rnatish


Bugun biz o'z kompyuterimizga Windows OT ining 8.1 versiyasini o'rnatishni ko'rib chiqamiz. Bu usul Windows ning 7, 8, 8.1 va 10 versiyalari uchun bir xil hisoblanadi. Demak, boshladik. Buning uchun bizga Windows operatsion tizimi o'rnatuvchi paketi fleshka disk yoki fleshka kerak bo'ladi. Agar bular mavjud bo'lmasa o'zimiz o'rnatuvchi paketni fleshka yozamiz va bu orqali o'z kompyuterimizga Windows OT ini o'rnatamiz. Bunda bizga Windows o'rnatuvchi paketi (.iso kengaytmasida bo'ladi) va rufus dasturi kerak bo'ladi. Windows OT ining o'rnatuvchi paketini biz Microsoft ning microsoft.com saytidan yoki o'zimiz bilgan boshqa dasturlar saytidan ko'chirib olishimiz mumkin.
ESLATMA!!! Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi hech qachon shunchaki fleshkaga nusxalash bilan yozilmaydi agarda siz uni uyingizga yoki biron joyga olib borib saqlab qo'yish uchun yozmayotgan bo'lsangiz.


1. Windows OT ning o'rnatuvchi paketi; 2. Rufus dasturi


Fleshkani kompyuterga ulaymiz va rufus dasturini ishga tushuramiz. So'ng rufus dasturining quyidagi bo'limlari haqida tushunchaga ega bo'lamiz:

1. Ulangan fleshkamiz nomi va hajmini ko'rsatadi (Windwos OT ining 7, 8, 8.1 va 10 versiyalaripaketini fleshkaga yozish uchun bizga fleshkaning hajmi 8 Gb dan kam bo'lmagani kerak bo'ladi.


2. Qanday turdagi sxema va interfeys orqali Windows OT ini kompyuterga yozish turini belgilanadigan bo'lim (bu haqda keyingi mavzularimizda to'liqroq ma'lumot berib o'tamiz, bizga asosiysi qanday sxema va interfeysdan foydalanishni bilib olsak bas). Windows OT ini o'rnatish uchun biz MBR sxemasi va BIOS yoki UEFI-CSM interfeysidan foydalanamiz;
3. Fayl tizimi ya'ni biz fleshkaga Windows OT paketini yozilganda qanday usulda yozilish kerakligini belgilaymiz. Bu fayl tizimi Windows uchun NTFS bo'ladi (keyingi mavzularimizda bu haqda tushuntirib o'tamiz);
4. Klaster o'lchami yoki hajmi — bu ham standart Windows OT ini o'rnatish uchun 4096 bayt bo'ladi.
5. Fleshkamizning Windows OT ini o'rnatuvchi paketi yozilgandan keyingi nomi qanday bo'lishi shu yerda yoziladi;
6. Bu yerda formatlash sozlamalari keltirilgan.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin