YORDAMCHI ZANJIRLARDA YERLASHNI NAZORAT RELESINI TEKSHIRISH
1. Ishdan maqsad. 1.1.Ushbu ishdan maqsad, talabalarga yerni nazorat relesini konstruktiv tuzilishi, texnik xarakteristikasi va asosiy ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish. 1.2. Yerni nazorat relesini stendda tekshirish.
2. Umumiy ma’lumotlar Ishlatilishi. Yerni nazorat relesi RKZ – 0/1 va RKZ – 306 yordamchi zanjirlarda qurilmalarni yerga ulanib qolishidan saqlash uchun ishlatiladi.
Texnik ko‘rsatkichlar Izolyatsiyalovchi g‘altakning nominal kuchlanishi, V 380 Ishga tushish toki, A 0,075 Kontaktlar Bo‘luvchi tokning qiymati, A 10 Nominal kuchlanish (o‘zgarmas tokda), V 110 Soni (ulanadigan kontaktlar) ... . 1/2 Qorishma (Rastvor), mm 3+1/4+1 Yo‘qolish (Proval), mm 2+1/2+1 Massa, kg 4,2/2,35 G‘altakning qarshiligi 20 °C da, Om — 445+ G‘altakning nominal toki, A — 0,2 Konstruksiyasi. Rele RKZ – 0/1 (10.1 – rasm)da keltirilgan. U klapanli magnit sistemadan tuzilgan bo‘lib, g‘altak 3, og‘diruvchi prujinlar 6 va blokirovklar 8dan iborat. Yakorga planka o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali blok-kontaktlar ulab-uziladi. Blokirovka alohida uzel sifatida izolyatsiyalovchi kolodkadan tuzilgan. Bu uzellar izolyatsion panel 9 ga o‘rnatilib mahkamlangan bo‘ladi.
Yerni nazorat relesi RZ – 306 konstruksiyasi bo‘yicha maksimal ravishda oraliq relesi RP – 277, RP – 280 ga juda o‘xshash va bir xil, vaqt relesi, yerlatish relesi RZ-303 elektromagnit klapanli relelar turiga kiradi (10.2-rasm). Rele quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi: chulg‘amlar 1, magnito‘tkazgich 2, ikki qutb tomonlari bor o‘zak3, yakor 4, sozlovchi shpilkalar 5, blokirovka 6, prujinlar 7.