«Вставка» (Qo‘yish), «Разметка страницы» (Sahifa belgilari), «Формулы» (Formulalar),
«Данные» (Ma’lumotlar), «Рецензирование» (Tekshiruv va izoh), «Вид» (Ko‘rinish). Ulardan
biri bilan ishlash uchun qatordagi ixtiyoriy bo‘lim ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib
bosiladi, natijada tanlangan bo‘lim menyusi elementlari ro‘yxati ochiladi. menyular bilan ishlash
Microsoft Excel ning asosiy buyruqlarini berish usullaridan biri hisoblanadi.
3. Menyu - uskunalar paneli. a) «Главная» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni ko‘rsatuvchi, gorizontal menyuning
asosiy standart buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.
b) «Вставка» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni hujjatga elementler qo’yish buyruqlarini
takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.
c) «Разметка страницы» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni ko‘rsatuvchi va kiritilayotgan
hujjatlarni bichimlashga imkon beruvchi tugmalardan iborat.
d) «Формулы» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni formulalar, funktsiyalar, ular bilan
ishlash uchun mo’ljallangan tugmalardan iborat.
e) «Данные» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni kiritilgan ma’lumotlarni tahrirlash uchun
mo’ljallangan tugmalardan iborat.
f) «Рецензирование» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni kiritilgan ma’lumotlarni tekshirish
va izohlash buyruqlari tugmalardan iborat.
g) «Вид» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni hujjat ko’rinishlarini o’zgartirish buyruqlari
tugmalardan iborat.
4. Formulalar qatori. Microsoft Excel 2007 dasturiga ma’lumotlar kiritilayotganda barcha
axborotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu qatorda aks ettiriladi.
5. Nom maydoni. Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol yacheykalarining manzili va nomi
ko‘rsatiladi. Nom maydoni diapazon (yacheykalar guruhi)ga yoki tanlangan yacheykaga tezda
nom berish uchun ham ishlatiladi. Agar sichqoncha ko‘rsatkichini nom maydonidan o‘ng tomonda
joylashgan strelka ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi
kitobidagi nomlangan yacheykalar va diapazonlarning ( agar ular mavjud bo‘lsa) hamma
nomlarini birma-bir ko‘rib chiqish mumkin.
6. Holat (ma’lumotlar) qatori. Unda yacheykaga tegishli turli ma’lumotlar ko‘rsatiladi.