№5. Ma’ruza Shisha va shisha buyumlar. Mavzuni yoritish uchun reja


SHishaning issiq o‘tkazuvchanligi



Yüklə 80,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü80,5 Kb.
#206465
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-mavzu. Shisha, shisha buyumlar va sitallar

SHishaning issiq o‘tkazuvchanligi
uning nisbatan issiqni past o‘tkazishi
bilan farqlanadi. Deraza oynalarining 100 
0
S haroratdagi issiq o‘tkazuvchanlik 
koeffitsienti 0,4...0,82 Vt/(m 
0
S), ko‘pikshishaniki 0,045...0,058 Vt/(m 
0
S). 
Tarkibida ishqorli oksidlar ko‘p bo‘lgan shisha issiqni kam o‘tkazadi. Xona 
haroratida shishaning issiqlik sig‘imi 0,63...1,05 kJ/kg 
0
S. SHishaning issiqlik 
sig‘imi va issiqdan termik kengayishi uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. 
SHisha keskin va kuchli qizdirilganda yoki sovutilganda unda katta kuch-
lanishlar vujudga keladi, natijada yuzasi yoriqlar bilan qoplanadi. SHisha 
qizdirilganda yumshaydi va 1000 
0
S ga yaqin haroratda suyuqlanadi. Kimyoviy 
jihatdan yuqori turg‘unlikka ega, mineral kislotalar shishani emirmaydi. 
SHishaning issiqbardoshligi haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientiga, shisha 
xom ashyosining kimyoviy tarkibiga bog‘liq. 
SHishaning elektr o‘tkazuvchanligi
uning kimyoviy tarkibiga, ya’ni 
kremniy, bor, bariy, litiy va sh. k. larning oksidlari miqdoriga, mikro-armatura va 
fibroarmatura qo‘shilganiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy silikat shishasining xona 
haroratidagi solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10
10
...10
11
om·sm, teshib o‘tish 
kuchlanishi 450 kVt/sm
2
tashkil qiladi. 


SHishaning texnologik xususiyatlari.
SHisha va undan tayyorlangan bu-
yumlarni olmos bilan kesish, arralash, charxlash, polirovkalash mumkin. SHishani 
800...1000 
0
S gacha qizdirib list, tolasimon ko‘rinishda cho‘zish, payvandlash va 
puflab shakl berish orqali turli xil buyum olish mumkin. SHishaning qulay 
ishqalanuvchanligidan foydalanib, undan turli qurilish buyumlari, shisha paketlar, 
shisha tola va matolar tayyorlanadi. 

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin