№5. Ma’ruza Shisha va shisha buyumlar. Mavzuni yoritish uchun reja


Pardozbop oyna taxta va ularning xillari



Yüklə 80,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix07.01.2024
ölçüsü80,5 Kb.
#206465
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-mavzu. Shisha, shisha buyumlar va sitallar

Pardozbop oyna taxta va ularning xillari 
Respublikamizning shishasozlik sanoati tekis oynalarning bir necha xillarini,
jumladan, odatdagi deraza oynasi, vitrina oynasi, armatura-langan, naqshli, issiq 
yutuvchi va issiq qaytaruvchi hamda boshqa oynalar ishlab chiqaradi (GOST 
4.205-79, GOST 111-2001 va h. k.). 
Taxta oyna
shisha eritmasini uzluksiz tortish va prokatlash usullari orqali 
tayyorlanadi. Ishlab chiqarishda asosan uzluksiz tortish usuli qo‘llaniladi. Taxta 
oyna deraza va eshiklarni qoplashda, sanoat va jamoat bi-nolarini tashqi muhitdan 
himoyalashda, shuningdek, ichki va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Nur 
o‘tkazuvchanligi 89...90 % bo‘lib, ular oltita mar-kada (M1...M6) ishlab 
chiqariladi. 
Derazabop taxta oynalarning eni 250...1600, uzunligi 250...2200 mm bo‘lib, 
qalinligi 2, 2.5, 3, 4, 5 va 6 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi. Deraza oynasi maxsus 
yog‘och, metall va plastmassa romlarga o‘rnatiladi. Bunday oynalar rangsiz bo‘lib, 
ba’zi hollarda yashil yoki ko‘kimtir soyalar bo‘lishiga ruxsat etiladi. 
Oddiy taxta oyna yuzasi qalinligi 0,5 mkm bo‘lgan kumush tuzidan tashkil 
topgan yupqa parda bilan qoplansa elektr toki o‘tkazadigan oynaga aylanadi. 
Bunday oyna yuzasida harorat 500...700 
0
S gacha ko‘tarilishi mumkin. Ularni 
avtomashina orqa qismiga o‘rnatish mumkin. 
YUza qismi silliq va to‘lqinsimon bo‘lib, armatura to‘rlari oyna sindirilganda 
sochilib ketmasligini ta’minlaydi. Oynaning eni 400...1500, uzunligi 1200...2000 
mm o‘lchamlarda tayyorlanadi. 
Bunday oynalar yuqori darajada olovbardosh, mustahkam va xavfsiz bo‘ladi. 
Undan fonar, to‘siq, balkon, oradevorlar, sanoat korxonalarida zarb va titratish 
bilan ishlaydigan sexlarning derazalari va sh. k. oynalash (qoplash) uchun 
foydalaniladi. 
Vitrina oynasi
jilolangan (silliqlangan) markasi M7 va jilolanmagan markasi 
M8 xillarda ishlab chiqariladi, qalinligi 6,5...12 mm, eni 3500, uzunligi 6000 m 
gacha o‘lchamlarda bo‘ladi. Nur o‘tkazuvchanligi 75...83 % atrofida. Vitrina 
oynasi ma’muriy, maishiy, savdo, mehmonxona va sh. k. binolarga oyna solishda 
va bezashda ishlatiladi. Bunday oynalar odatda metall romlarga o‘rnatiladi. Harorat 
ta’siridagi deformatsiyalanishini qoplash va konstruksiyani germetiklash uchun 
rezina yoki plastmassa qistir-gichlardan foydalaniladi. 
Armaturalangan vitrina oyna suyuq shisha bo‘tqasiga ingchika silliq 
xromlangan yoki nikellangan simlardan tayyorlangan metall to‘r presslab kiritilib, 
gorizontal prokatlash usulida tayyorlanadi. 
SHisha sanoatida shakli va o‘lchamlari jihatidan asbestotsement shifer-larga 
o‘xshash tombop to‘lqinsimon taxta oynalar ishlab chiqariladi. Ularning 
armaturalangan xili yorug‘lik tushadigan deraza sifatida tom yopishda ishla-tiladi. 



Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin