Termokimyo qonunlari. Barcha termodinamik hisoblar termokimyo qonunlariga asoslangan. Termokimyoga oid ikkita qonun kashf etilgan bo'lib, biri Lavuazye–Laplas qonuni va ikkinchisi Gess qonunidir. Bu qonunlar energiyaning saqlanish qonunidan kelib chiqadi.
Lavuazye–Laplas qonuni. 1784 yilda Lavuazye va Laplas kashf etgan birinchi qonun quyidagicha ta'riflanadi.
Har qaysi kimyoviy birikma uchun parchalanish issiqligi uning hosil bo'lish issiqligiga teng, lekin ishorasi qarama-qarshi bo'ladi.
Masalan:
CH4 C 2H2 – 76,0 kJ
C 2H2 CH476,0 kJ
Gess qonuni. 1840 yilda G.I.Gess termokimyoning ikkinchi qonunini tajriba asosida kashf etdi. Reaksiyaning issiqlik effekti jarayonida ishtirok etayotgan moddalarning dastlabki va oxirgi holatlariga bog'liq bo'lib reaksiyaning qanday usulda olib borilishiga bog'liq emas. Masalan, CO2 ni ikki usulda hosil qilinsin. Birinchi usul quyidagi ikki bosqichdan iborat bo'lsin:
a) C 12 O2 CO 110,5 kJ
b) C 12 O2 CO2 283 kJ
jami: 393,5 kj
Ikkinchi usulda reaksiyani bosqichsiz (bir yula) olib borilsin.
C O2 CO2 393,5 kJ
Demak, har ikki usulda CO2 ning hosil bo'lishi issiqlik effekti 393,5 kJ ga teng.
Termodinamika nuqtai-nazardan kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti uning entalpiyasi DH deb yuritiladi va u issiqlik effektiga teskari ishoralidir.
DH -Q DH -393,5 kJ G’ mol.
Yuqoridagi kimyoviy reaksiyalarda ayrim bosqichlarning entalpiyalari yig'indisi umumiy jarayonning entalpiyasiga teng. Kimyoviy reaksiyaning entalpiyasini topish uchun reaksiya mahsulotlarining hosil bo'lish entalpiyalari yig'indisidan dastlabki moddalarning hosil bo'lish entalpiyalari yig'indisini ayirib tashlash kerak:
DH DHmaxs - DHdast.mod.
Bu yerda DH – reaksiyaning entalpiyasi DHmaxs – reaksiya mahsulotining hosil bo'lish entalpiyalari yig'indisi DHdast.mod. – dastlabki moddalarning hosil bo'lish entalpiyalari yig'indisi.
Nazorat savollari
1.Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti nima?
2.Termodinamikaning I qonuni mohiyatini tushintiring.
3.Lavuazye–Laplas qonunini tushuntiring.
4.Gess qonunini tushuntiring.
Tayanch so'z va iboralar
Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti, ekzotermik reaksiyalar, endotermik reaksiyalar, termokimyo qonunlari, Gess qonuni, Lavuazye-Laplas qonuni.
Foydalanilgan adabiyotlar.
N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari.Toshkent.«O'zbekiston». 2000y.
Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent. «O'zbekiston» 2003 y.
YU.T.Toshpo'latov, SH.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo. Toshkent. «O'qituvchi». 1992 y.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |