5-mavzu. Bozor, talab va taklif reja



Yüklə 39,35 Kb.
səhifə6/8
tarix05.04.2023
ölçüsü39,35 Kb.
#93852
1   2   3   4   5   6   7   8
4-Маъруза

4.Bozor muvozanati


Talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi7. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini muvozanatli narxda topadi.
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi.Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.
1. Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi. Iste’molchiga biror mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo‘ladi.
2. Mahsulot qiymati (narxi)ning iste’molchi daromadidagi salmog‘i.Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o‘rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o‘sishi bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. SHu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizga o‘sishi mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining kata qismini tashkil qiladi va, aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.

Yüklə 39,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin