5 mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi (2 soat) Reja: Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari


Pulga talabning keynscha nazariyasi– likvidlikni afzal ro`rish



Yüklə 468,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix13.05.2023
ölçüsü468,22 Kb.
#113160
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
4 мавзу макро

10.3. Pulga talabning keynscha nazariyasi– likvidlikni afzal ro`rish 
nazariyasi. 
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni 
naqd ko`rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi:
1. 
transaksion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab);
2. 
ehtiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan holatlar uchun ma‘lum 
miqdorda naqd pullarni saqlash);
3. 
spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog`ozlar sotib 
olish uchun pulga talab).
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari 
bog`liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, 
ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga 
hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun ham aholi uni saqlashni 
afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab 
miqdori foiz stavkasiga bog`liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo`lda ushlab 
turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya‘ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd 
pullarni qo`lda ushlab turgan sharoitda yo`qotadigan pul miqdorini bildiradi. 
Nonning narxi non talabi miqdoriga ta‘sir qilganidek, naqd pullarni qo`lda ushlab 
turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta‘sir ko`rsatadi. Shuning uchun 
foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab 
turishga harakat qiladi.
Real pul zahiralariga talab funksiyasini quyidagi ko`rinishda yozamiz: M/R = 
f(R)  
Bu tenglama ko`rsatayaptiki, pulga bo`lgan talab miqdori foiz stavkasi 
funksiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari miqdoriga talab teskari 
bog`liklikka ega ekanligi ko`rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab 
miqdorining kamayishini ko`rsatadi


Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning 
quyidagi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin:
1) daromadlar darajasi; 2) pulning aylanish tezligi; 3) foiz stavkasi.
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog`lasa, 
keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog`liq deb hisoblanadi.

Yüklə 468,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin