(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so`mlik pul
bazasi hisobiga necha so`mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko`rsatadi.
Pul
multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko`rinishida yozish
mumkin:
Ms C+D C/ D + D/ D Cr + 1
m = ------------ = ----------- =
------------------- = --------------
MB C+R S/ D + R / D Cr +rr
Cr miqdori – aholining o`z mablag`larini naqd pullar va depozitlar o`rtasida
qanday proporsiyada saqlashni tanlashga bog`liq.
rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan
majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo`ljallanayotgan
ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog`liq.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog`liq ekan.Pul
multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday
o`zgarishini ko`rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta‘sir etish yo`li bilan
tartibga soladi.
Mamlakatda pul miqdori ko`payadi, agar:
-pul bazasi o`ssa;
-
majburiy zahiralash normasi pasaytirilsa;
-
tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa;
-naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.
Dostları ilə paylaş: