Tarixdan ma’lumki, har qanday davlatning barqarorligi undagi xalqlar,
millat va elatlarning huquq va erkinliklari faqatgina qonuniy hujjatlarda
belgilanishiga emas, balki ularning amalda qay darajada o‘z tasdig‘ini topishiga
ham bog‘liqdir. SHu nuqti nazardan qaraganda, mamlakatimizda fuqarolarning
vijdon erkinligi bilan bog‘liq huquqlari nafaqat qonunan mustahkamlab
qo‘yilganini, balki amaliyotda ham ushbu Qonundan kelib chiquvchi tamoyillarga
qat’iy rioya qilinayotganini hayotiy dalillar ham ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda diniy tashkilotlar hech qanday tazyiqlarsiz, cheklashlarsiz,
emin-erkin faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidlash
lozim. SHu bilan birga, diniy tashkilotlarning soni o‘sganini ham qayd etish zarur.
Xususan, 1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy tashkilot (89 ta islomiy va
30 ta noislomiy) mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yilda 179 taga (146 islomiy va 33
noislomiy) etdi, 2007 yilning yanvariga kelib esa, ularning soni 2227 tani (2046 ta
islomiy, 181 ta noislomiy) tashkil etdi. Ulardan eng yirigi O‘zbekiston
musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav cherkovining Toshkent va O‘rta Osiyo
Eparxiyasi, Evangel xristian-baptistlar cherkovi, Rim-katolik cherkovi, To‘liq
Injil xristianlari cherkovi, O‘zbekiston Bibliya jamiyati. SHuningdek, 1987 ta
masjid, 163 ta xristian cherkovi, 8 ta yahudiy sinagogalari, 6 ta Bahoiylar
jamoasi, 1 ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta Budda ibodatxonasida fuqarolar
emin-erkin ibodat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Mustaqillikkacha bor-yo‘g‘i ikkita islomiy diniy o‘quv yurti (Toshkent
islom instituti va «Mir Arab» madrasasi) bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida
ularning soni 11 taga etdi. Boshqacha aytganda, Imom al-Buxoriy nomidagi
Toshkent islom instituti, Buxorodagi «Mir Arab», Toshkentdagi «Ko‘kaldosh»,
Qoraqalpog‘istondagi «Beruniy», Namangandagi «Mulla Qirg‘iz», Xorazmdagi
«Faxriddin
ar-Roziy»,
Andijondagi
«Sayyid
Muhyiddin
Maxdum»,
Qashqadaryodagi «Xoja Buxoriy», Toshkentdagi «Xadichai Kubro» va
Buxorodagi «Jo‘ybori Kalon» xotin-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtlari va
Imom al-Buxoriy nomidagi hadis ilmi markazidan iborat yaxlit diniy ta’lim tizimi
yaratildi.
2000–2001 o‘quv yilidan boshlab diniy ta’lim muassasalarida Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’lim markazining Davlat ta’limi standartlari
bo‘limi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari va o‘quv rejasi
asosida o‘qitish joriy qilindi. Sodda qilib aytganda, o‘quv yurtlarida diniy va
dunyoviy ta’limning uzviyligi ta’minlandi.
2000 yildan boshlab Toshkent islom instituti va o‘rta maxsus islom bilim
yurtlari bitiruvchilarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi yo‘llanmasi bilan rejali
ravishda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlarga ishga taqsimlash va
2001 yil yanvar oyidan boshlab, ilk marta diniy bilim yurtlari talabalariga
stipendiya berish joriy qilindi.
Yuqoridagi kabi o‘zgarishlarni boshqa konfessiyalar misolida ham ko‘rish
mumkin. Xususan, 1998 yildan Toshkent Pravoslav hamda Samarqand Protestant
seminariyalari faoliyat ko‘rsata boshladi, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va
O‘rta Osiyo eparxiyasining 125 yilligi va Evangel-Lyuteran jamoasining 100
yilligi nishonlandi.
Xulosa qilib aytganda, xalqimizning diniy va ma’naviy qadriyatlarining
hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashishi respublikamizning
kelajakda yanada ravnaq topishi, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishida muhim
omillardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: