5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 441,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/36
tarix26.12.2023
ölçüsü441,32 Kb.
#198398
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Falsafiy bilim

Falsafa
san’at va din kabi, bilish vazifalarini yechish bilangina 
kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg’un holda– insonning dunyoda 
ma’naviy mo’ljal olishiga ko’maklashishdan iborat. Falsafiy bilish ayni shu maqsadga 
bo’ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning «birinchi» asoslari, hodisalarning universal 
o’zaro aloqasi, borliqning umumiy xossalari va qonunlari haqida umumiy tasavvurni 
shakllantiradi. Falsafa dunyoni insonga bog’lab o’rganadi. Me’yorlar va ideallar, ilmiy bilimlar 
va san’at yutuqlari, insonning tashvishlari, ehtiyojlari, hayot mazmunini anglash yo’lidagi 
izlanishlari faylasufning dunyoqarashini, falsafiy mushohada yuritish shaklini belgilaydi. Falsafa 
jamiyat ongi, jamiyat madaniyatining nazariy ifodasi sifatida amal qiladi. U tafakkur tarzi, 
qadriyatlar, ideallar, falsafiy muammolar va ularni ko’rib chiqish xususiyatini belgilaydigan 
madaniyat bilan uzviy bog’liqdir. Falsafa umuman dunyoga va madaniyat sub’yekti sifatidagi 
insonga murojaat etadi. Falsafiy bilim donishmandlik sifatida tavsiflanadi. Donishmandlik – 
dunyoni va insonning undagi o’rnini yaxlit tushunish andozasi. Falsafa barcha odamlar uchun 
muhim bo’lgan haqiqatlarning tagiga yetish uchun (ilmiy va noilmiy) bilimdan foydalanadi. 
Kant falsafa inson aqlining boshqa bilimlarga oliy qadriyat tusini beruvchi eng so’nggi 
maqsadlarini anglab yetishni tushunishga, bu bilimlarning inson uchun ahamiyatini aniqlashga 
yordam beradi deb hisoblagan. Falsafa inson faoliyatini yo’lga soluvchi tamoyillar, 


yondashuvlar, qadriyatlar va ideallar tizimini, uning dunyoga va o’z-o’ziga munosabatini 
belgilaydi. Dunyoning inson bilan mushtarak holdagi obrazini yaratib, falsafa muqarrar tarzda 
qadriyatlar dunyosiga murojaat etadi. Etika, estetika, aksiologiya – falsafiy bilimning qadriyatlar 
dunyosini o’rganuvchi maxsus sohalardir. Falsafa san’atda o’zining yorqin va ishonarli ifodasini 
topishi bejiz emas. Ko’pgina faylasuflar uning metaforalarga boy obrazli tilidan o’z g’oyalarini 
ifodalash uchun foydalanadi.
Din kabi, falsafiy bilimning ham bosh maqsadi – insonni kundalik tashvishlar sohasidan olib 
chiqish, unda yuksak ideallarga qiziqish uyg’otish, uning hayotiga chin mazmun baxsh etish, eng 
zamonaviy qadriyatlar sari yo’l ochishdir. Biroq din – ommaviy ong bo’lsa, falsafa – nafaqat 
iste’dod, balki kasbiy bilim va ko’nikmalarni ham talab qiluvchi elitar ongdir.
Falsafiy bilimda ikki asos – ilmiy-texnikaviy va nazariy-ma’naviy asoslarning 
uyg’unlashishi uning ongning betakror shakli sifatidagi o’ziga xos xususiyatini belgilaydi. Bu 
falsafa tarixida – tarixan vaqtda bir-biri bilan tasodifiy emas, balki muqarrar tarzda bog’langan 
falsafiy ta’limotlarning g’oyaviy mazmunini meros qilib olish, rivojlantirish jarayonida ayniqsa 
bo’rtib ko’rinadi. Bu ta’limotlarning barchasi – yaxlit bir butunning qismlari, xolos. 
Oqilonalikning boshqa sohalarida (masalan, fanda)gi kabi, falsafada ham yangi bilim o’zining 
avvalgi darajasidan voz kechmaydi, balki uni o’zining ayrim ko’rinishi sifatida o’z tarkibida 
qoldiradi. Tafakkur tarixida biz taraqqiyotni, mavhum (nomukammal, biryoqlama) bilimdan 
yanada aniqroq (mukammal, serqirra) bilim sari muttasil yuksalishini kuzatamiz, deb ta’kidlagan 
edi Gegel’. Falsafiy ta’limotlarning ketma-ketligi ham g’oya mantiqiy ta’riflarining ketma-
ketligi bilan asosan bir xil, ya’ni bilish tarixi anglab yetilayotgan predmetning ob’yektiv 
mantiqiga mos keladi.
Biroq falsafiy bilimning ma’naviy (qadriyatlar va mo’ljallar) qismi yuksalish qonuniga ham, 
hokimiyat va vaqtga ham bo’ysunmaydi. U tarixiga «yuksak», «tuban» mezonlari bilan 
yondashish mumkin bo’lmagan san’atga yaqinroq. N’yuton ta’biri bilan aytganda, olimlar o’z 
o’tmishdoshlarining «elkalari»da turadi: ular o’z ijodi bilan bir umumiy ishni davom ettiradi, 
rivojlantiradi. San’atkorlar esa bu safga sirmaydi. Zero, ularning har biri – alohida dunyo, 
alohida olam (lekin bu davrlar va avlodlarning badiiy tajribasida vorisiylikni istisno etmaydi). 
Buyuk san’atkor o’z davrining buyuk ifodachisi bo’lib, ayni shu ma’noda uning ijodi odamlar 
uchun olamshumul ahamiyat kasb etadi.
Biroq falsafiy bilimning nazariy qismi, ya’ni uning ichki mantiqi ancha murakkabdir. Bu 
falsafiy g’oyaning serma’noliligi, u rivojlantirilishi, har xil, hatto qarama-qarshi yo’nalishlarda 
davom ettirilishi mumkinligi bilan izohlanadi. Masalan, Lokk (XVII asr ingliz faylasufi) 
falsafasidan uning izdoshlari (idealist Berkli va fransuz ma’rifatchi materialistlari Didro, 
Gol’bax) bir-birini mutlaqo istisno etuvchi xulosalar: Berkli – sub’yektiv-idealistik, fransuz 
mutafakkirlari – esa ma’rifatchilik bilan bog’liq xulosalar chiqarganlar. Kant, va Gegelning 
falsafiy g’oyalari hozirgi zamon tafakkuriga asos soldi. Biroq har bir kantchi, gegelchining o’z 
Kanti, o’z Gegeli bor, ularning har biri o’z o’tmishdoshlarini o’zicha talqin qiladi. Boz ustiga
biron-bir yirik faylasuf o’z g’oyalarini bitta yagona manbadan olmagan. Kant Leybnits va 
YUmga, Forobiy Aristotel’ va Platonga tayangan va hokazo. Bularning barchasi yangi falsafiy 
bilimning vujudga kelishiga asos bo’ladi. SHakllangan bu yangi falsafiy bilimda esa ijodiy 
tanqid muhim rol o’ynaydi.
Har qanday bilim singari, falsafiy bilim ham haqiqat va ishtiboh birligidir. Biroq 
gnoseologiyada bu tushunchalar alohida mazmun kasb etadi. Bu mazmun ijtimoiy-tarixiy, 
ijtimoiy-ma’naviy xususiyatga ega bo’lib, u muqarrar tarzda nafaqat bizning tafakkurimizni
balki unga bog’liq bo’lgan, unga asoslangan bizning harakatlarimizni ham baholashni o’z ichiga 
oladi. Biroq, insonning oliy maqsadlari – uning universal, jismoniy, aqliy va ma’naviy kuchlarini 
rivojlantirishga mos keladigan harakat (qilmish, qaror, niyat)gina haqiqiydir. Haqiqat, chin hayot 
kabi, insonning yuqorida zikr etilgan kuchlari va ijodiy qobiliyatini cheklamaydigan, 
toraytirmaydigan, balki ularni kengaytiradigan va rivojlantiradigan tamoyillar va qadriyatlarga 
rioya qilish demakdir. O’z navbatida, ishtiboh ham oddiy sub’yektiv mantiqiy xato, yanglishish, 


adashish yoki dushmanlarning kirdikorlari mahsuli emas, balki tarix adashuvining muqarrar 
natijasidir.
Masalan, kommunistlarning barcha yo’llar bizning asrimizga, jamiyatni erkinlik, tenglik va 
birdamlikka yetaklaydi, degan umid va ishonchlarini xatoga yo’yish mumkin, chunki ularning 
birontasi ham o’z tasdig’ini topmadi. Biroq xatolar zamirida teran mazmun yotadi. Axloqiy 
imperativ (ideal, orzu) borliq emas, biroq u mazkur borliqning darakchisi. Jamiyatda axloqiy 
tushunchalar, qadriyatlarga munosabatning o’zgarishi insoniyat millionlab kishilar hayotida 
olamshumul o’zgarishlar yuz berishi arafasida turganining eng aniq ko’rsatkichidir. Zotan, 
g’oyalar yo’q joydan paydo bo’lmaydi, osmondan tushmaydi. Ilmiy bilim ma’nolar, maqsadlar, 
qadriyatlar va insonning qiziqishlariga befarq bo’lsa, falsafiy bilim insonning dunyodagi o’rni va 
roli haqidagi bilimdir.

Yüklə 441,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin