Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida
mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning
shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo’li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish
orqali vaqti-vaqti bilan
hozirgi zamon chegaralaridan o’tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma’lum bo’lmagan
narsalarni oldindan ko’rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo’lgan voqealarni
bashorat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: