5-mavzu. Harakat xavfsizligini ta’minlash huquqini boshqa tarmoq huquqlari bilan bog‘liqligi. Reja


Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarini jinoyat huquqi ishtirokida tartibga solish



Yüklə 102,53 Kb.
səhifə11/16
tarix05.04.2023
ölçüsü102,53 Kb.
#93609
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
5-MAVZU

4. Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarini jinoyat huquqi ishtirokida tartibga solish.
261-modda. Mast holdagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxsning mast holatdagi yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida bo‘lgan shaxsni temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yishi badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
(261-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(261-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
262-modda. Transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish
Ta’mirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz ta’mirlashi, shuningdek transport vositasining texnika holati jihatidan buzuqligini bila turib, uni foydalanishga chiqarishga ruxsat berishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(262-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(262-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(262-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)

Yüklə 102,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin