Nima qilmoq kerak ? Ushbu va bu yerda aytilmagan yana boshqa omillarni e’tiborga olgan holda fiqh ilmini o`rganish, o`tgan buyuk faqihlarimiz qoldirgan ulkan ilmiy merosdan unumli foydalanish va musulmonlar ommasiga bu ilmni zamon ruhiga mos ravishda etkazishni ilmiy va to`g`ri ravishda yo`lga qo`ymoq zarur. Ana shunda fiqh haqidagi ixtiloflar ham barham topishi uchun katta bir qadam qo`yilgan bo`ladi, inshaalloh.
Umuman olganda esa musulmonlar iloji boricha diniy savodlarini o`stirish ustida ishlamoqlari lozim. Ahli ilmlar esa ilmni puxta egallash payida bo`lishlari, kishilarni ixtilofga solish o`rniga ularni ixtilofdan chiqarish haqida qayg`urishlari lozim. Agar ba’zi bir masalada turli fikrda bo`lib qolsalar, uni darrov xalq ommasi ichiga olib chiqmasdan, avval o`zlari ilmiy majlislarda hal qilib olib, bir fikrga kelganlaridan keyingina ko`pchilikka e’lon qilishlari lozim. Qisqasini aytadigan bo`lsak, hammamiz bir tan, bir jon bo`lib, ixtilofga qarshi kurashmog`imiz zarur. Ixtilofga olib boradigan har bir yo`lni, so`qmoqni yaxshilab to`smog`imiz lozim.
Har bir musulmon banda Alloh taoloning:
Dostları ilə paylaş: |