Asosiy savollar: Elementorganik birikmalar haqida umumiy tushunchalar va ularning sinflanishi hamda nomlanishi. Elementorganik birikmalarning umumiy olinish usullari. Elementorganik birikmalarda kimyoviy bog’ning tabiati
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Metallorganik birikmalar, metallmasorganik birikmalar, sof va aralash elementorganik birikmalar, metil natriy, dimetilrux, tetrametilsilan, xlordimetilfosfin, gidrirlash, gidroborlash, gidrosilirlash, merkurirlash, metallorganik sintez. Mavzuga oid muammolar: Aralash va sof elementorganik birikmalar orasida qanday o’xshashalik va farq bor. Javobinigizni misollar bilan izohlang Metallorganik birikmalarning ko’pchiligi kimyoviy reaksiyalarda yuqori selektivlikka ega. Bu xususiyat ularning qaysi sohalarda qo’llanishiga imkoniyat yaratadi?
1-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarda elementorganik birikmalar va ularning sinflari, ochilish tarixi hamda nomlanishi haqida tushunchalar hosil qilish. Identiv o’quv maqsadlari: Germaniy, qalay va qo’rg’oshinorganik birikmalar haqida tushuncha berish. Galogenli birikmalarining kimyoviy aktivligi haqida ma’lumot berish. Qo’rg’oshinorganik birikmalarning termik parchalanish reaksiyalarini izohlaydi. Tetraalkil hosilalarning ta’sir doirasini tahlil qiladi.