Jadvalni xotiraga yozib qo‘yish Jadval hosil qilganimizdan keyin uni kompyuter xotirasiga yozib qo‘yish kerak bo‘ladi. YUqorida keltirilgan «Standartnaya» panelidan «Soxranit» tugmasini bosib xotiraga yozish mumkinligini aytib o‘tgan edik. Endi shu jarayonni birma-bir ko‘rib o‘tamiz:
«Standartnыy» panelidan «Soxranit» tugmasini bosamiz.
Quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Bu oynada:
«Imya fayla» bandiga matn nomini kiritamiz.
«Papka» bandidan shu fayl joylashadigan katalogni ko‘rsatamiz.
«Tip fayla» bandidan fayl formatini tanlaymiz. Formati – Kniga Excel, SHablon, Tekst DOS, Dokument HTML va hokazolar bo‘lishi mumkin.
«Parametrы» bandidan kerakli parametrlar (faylni ko‘rish, o‘zgartirish uchun parol va hokazolar) belgilanadi. Bu banddan parametrlarni faqat zarur bo‘lganda belgilash mumkin.
«Soxranit» tugmasi bosiladi, yuqorida kiritilgan ko‘rinishdagi fayl ko‘rinishida fayl hosil bo‘ladi.
Faylni ochish Jadval kompyuter xotirasiga yozib qo‘yilgan bo‘lsa, uni ochish uchun «Standartnaya» panelidan «Otkrыt» tugmasini bosish kerak. Endi shu jarayonni birma-bir ko‘rib o‘tamiz:
«Standartnaya» panelidan « Otkrыt » - tugmasini bosamiz.
Quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
«Papka» bandidan shu fayl joylashadigan katalogni ko‘rsatamiz.
«Tip fayla» bandidan fayl formatini tanlaymiz.
Rasmda «strelka» bilan ko‘rsatilgan joyda fayllar ro‘yxati ko‘rinadi, kerakli fayl shu joydan tanlanadi.
«Открыт» tugmasi bosiladi, yuqorida tanlangan fayl ochiladi.