5-Mavzu. Kasbiy faoliyatni samaradorligini oshirishda hissiy-iro-fayllar.org
His-tuyg'ular-kishi shaxsining ancha yorqin ko'rinishlaridan biri bo'lib, u bilish jarayonlari va xulq-atvor hamda faoliyatni irodaviy boshqarish bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Shaxs o'zi bilib olayotgan va bajarayotgan narsaga uning barqaror munosabati his-tuyg'ularning mazmunini tashkil etadi. Shaxsni ta'riflash degani ko'p jihatdan muayyan konkret kishi umuman nimani sevadi, nimani yomon ko'radi, nimadan nafratlanadi, nima bilan faxrlanadi, nimadan xursand bo'ladi, nega uyaladi, nimaga havas qiladi va hokazolar degan ma'noni anglatadi. Individning barqaror his-tuyg'ulari predmeti, ularning jadalligi, kechinmalarning xususiyati va hissiyotlari, affektlar, kuchli hayajonlanish holatlari va kayfiyatlari shaklida tez-tez namoyon bo'lishi kuzatuvchi ko'z o'ngida kishining hissiy dunyosini, uning his-tuyg'ularini va shu asnoda uning individualligini namoyon etadi. Aynan shuning uchun ham hissiy jarayonlarni tahlil qilish vaqtida o'tkinchi holatlarni o'rganishdan kishi shaxsini belgilaydigan barqaror his- tuyg'ularga o'tish lozim.