5-mavzu. Markaziy osiyo xalqlari dinlari


Dastlabki buddist missionerlarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi



Yüklə 33,95 Kb.
səhifə3/9
tarix19.10.2023
ölçüsü33,95 Kb.
#157360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
rpWZRVuAJ5z9PfSFzupl7exOpdYjcMgl3xdGOKfM

Dastlabki buddist missionerlarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi. Buddizm O‘zbekistonning janubiy hududlarida yangi eraning boshlarida o‘rnashdi. Buddizmning Hindistondan Markaziy Osiyoga kirib kelishini odatda kushonlarning hukmronligi bilan bog‘laydilar. Imperator Kanishkaning hukmronligi davrida Kushon podshohligi ushbu dinning markazlaridan biriga aylangan. Milodning birinchi asrlarida Amudaryo havzasida yotgan yerlarda buddizm hukmron din sanalgan va bu yerda arablar kelishiga qadar boshqa joylardagiga nisbatan uzoqroq vaqt saqlanib turgan.
Kushon podshohi Kanishka buddizmga e’tiqod qilgan. U zarb qildirgan tangalarda boshqa ilohiyatlar bilan bir qatorda Budda tasviri ham uchraydi. Xitoylik Syuan-Szyan bergan xabariga ko‘ra, VII asrning boshlarida Termizda 10 ta buddizm monastirlari (sangarama) va mingta rohib bo‘lgan.
V-VIII asrlarda Eftalitlardan keyin buddizm Markaziy Osiyoda tanazzulga yuz tuta boshladi.
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, baktriyaliklar san’atga o‘z madaniy an’analarini olib kirdilar.
Buddizmda Budda ta’limoti va hayotining botiniy mohiyatini ifodalovchi ramz-timsollarning butun boshli bir tizimi shakllantirilgan. Ko‘proq tarqalgani Budda va uning ta’limotini anglatuvchi g‘ildirak yoki yarqirab turuvchi aylana tasviridir.
Buddaning hayotiy aylanishlari bosqichlarini ifodalovchi ho‘kiz, sher, fil, ot ramzlari keng tarqalgan (masalan, fil – yer uzra ko‘tarilgan Budda ramzi).
Shuningdek, Budda tagida o‘zining ilk va’zlarini aytgan muqaddas Bodxi daraxti tasviri ham buddizmning badiiy-diniy ramzi hisoblanadi. Arxitektura majmuasi tashkiloti buddizmda qat’iy qonunlar asosida amalga oshirilgan va bo‘rttirib ishlangan rasmlar, haykallar va tasvirlar joyi va xarakterini belgilagan.
XX asrning boshlaridayoq Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida buddizmga oid ko‘psonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa yodgorliklarni topganlar; ko‘pincha ular qimmatbaho metallar – oltin yoki kumushdan yasalgan bo‘lgan (odamlar va hayvonlarning haykalchalari).
1927 yilda Sharq madaniyatlari muzeyi va Sredazkomstaris ekspeditsiyasi qadimiy Termizni o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot o‘tkazib, u yerda qator grek-buddizm yodgorliklari mavjudligini aniqladi. Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasining (TAKE) ishlari natijasida Qoratepa va Chingiztepa balandliklarida ikkita yirik buddizm monastiri bo‘lganligi aniqlandi va grek-buddizm me’morchiligi va haykallarining parchalari topilgan o‘nlab joylar qayd etildi.

Yüklə 33,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin