Maqsadlar kaskadi (pog’onalari).Quyidagi hollarda yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali bo’lishiga xizmat qiladi:
• xodimning o’z oldiga qo’yadigan maqsadi 4 tadan 8 tagacha bo’lishi, undan oshmasligi kerak.;
• yakka maqsadning pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi;
• rejalashtiriladigan maqsad harakat evaziga erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshiriladigan darajada bo’lishi kerak.
Umuman har bir kishi maqsadga erishishning yo’li og’ir va murakkab bo’lishi mumkinligini anglashi kerak. U o’z maqsadiga osonlik bilan erishishiga umid bog’lamasligi kerak. SHundagina u har qanday kutilmagan muvaffaqiyatsizlikka tayyor bo’ladi, tushkunlikka tushmaydi.
Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va o’ta murakkab kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos:
• tobe bo’lishlik;
• yoyib bo’lishlik;
• o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik.
Maqsadning tobeligi deganda maqsadni qo’yish va uni amalga oshirishning mavjud shart-sharoitlarga bog’liqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqbolli maqsadning esa o’rta va qisqa muddatli maqsadlarga bog’liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga bo’ysunishi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |