Muammoli maqsad.Sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin ko’paytirish:
• mahsulotga bo’lgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni;
• ko’p omilli korrelyatsion-regression tahlilni amalga oshirishni;
• eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqozo etadi.
Innovatsion maqsadlar — bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy qilish buyicha qo’yiladigan uchinchi guruhdagi maqsadlardir. Masalan, tadqiqot bo’limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo’lishi mumkin: "1 iyulgacha eksport uchun mo’ljallangan uch turdagi yangi mahsulotni sinovdan o’tkazishni ta’minlash".
Maqsad qanchalik murakkab bo’lsa, u boshqaruvchi uchun shunchalik muammoli yoki innovatsion bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |