5-mavzu: O’lkamizning yangi davr tarixining o’rganilishi
Reja:
1. Yangi davr tarixi o’rganilishining asosiy manbalari
2. O’zbekiston yangi davr tarixining o’rganilishi
Ekin maydonlarining ko`payib borishi, xususan sug`oriladigan yerlarning kengayishi,
qishloqlarning ko`payishi, yer hosildorligini orttiruvchi sun`iy o`g`itlarning yaratilishi, suvni
baland erlarga ko`taradigan charxpalaklarning va suv tegirmonining kashf qilinishi, paxta
ekinining tarqalishi, meva navlarining yaxshilanishi yo`lidagi muvaffaqiyatlarning hammasi
zamonaning ishlab chiqaruvchi kuchlarini o`stirib yuborgan va uni yangi feodal munosabatlarga
olib kelgan yangi ijtimoiy voqea bo`ldi.
Bunday muhim sharoitda kushonlarning saltanatiga putur etib, inqirozga yuz tuta borishi
bilan birga ichki ziddiyatlarga muvofiq diniy oqimlar o`rtasidagi munosabatlarning ham
murakkablashmasligi mumkin emas edi.
III asrdan boshlab quldorlik davrining shaharlari xarobalikka yuz tutib, iqtisodiy hayot
asosan alohida vohalarga, qishloqlarga ko`chadi. Er aristokratiyasi — «deh,qon»lar qishloqlarga,
ariqlar boshiga kelib, ko`shklar bino qiladi. VI asrga kelib ular qullardan qurolli yigitlar —
chokarlar saqlab, atrofdagi qishloq aholisini o`z foydasiga ishlatib kun kechiradi. Shu taxlitda
milodning I asrining 25 yilidan to IV asrning 50-yillariga qadar hukm surgan markazlashgan
kuchli Kushon davlati tugab, har qaysi shahar atrofidagi vohada alohida-alohida mustaqil
hukmdorlar paydo bo`ladi, ularning boshida «dehqon»larning vakili turadi.
Hozir Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzah Farg`ona vodiysidagi va boshqa ko`plab
shahdrlar atrofidagi sug`oriladigan erlarda baland-baland «oqtepalar» bor. Arxeologiyaga oid
qazilmalar, bularning xdmmasi feodallarning xom g`ishtdan solingan feodal ko`shklarining
xarobasidan iborat bo`lib, «dexqonlar» yapgab o`tgan joylarning qoldiqlari ekanligini ko`rsatadi.
Akademik YA. G`.G`ulomovning kuzatishlari bunday ko`shklarning hozirgacha saqlanib
kelganligini ko`rsatadi.
Feodallashish jarayonida ichki urushlar, xalq qo`zg`olonlarini bostirish uchun keskin
choralar ko`rish natijasida ancha vayronagarchilik, qirilishlar bo`lib, butun-butun rayonlar
vaqtincha bo`shab qolgan. Shunga qaramay, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojida ma`lum
siljishlar bo`lgan. Shu siljishlarni madaniyat soxasida ham ko`rish mumkin. Masalan, Xorazmda
Tuproqqal`a (IV asr) ko`shkini qazishda u erdan «podsholar zali» deb atalgan zal topilgan.
Zalning atrof devorlariga taxmon singari ravoqlar ishlanib, ularning har biriga turli qiyofadagi
kishilarning haykallari o`rnatilgan. Haykallar nihoyatda yuqori did bilan ishlangan. Professor S.
P. Tolstov «Bu zalda Xorazmda Ofrig` xonadoniga mansub podsholarning haykali ota-bobolar
ruhiga sig`inish tariqasida aks ettirilgan», deb aytadi. Bu joyda haykallardan tashqari, turli
bo`yoqli devor suratlari ham bo`lib, undagi manzaralarda dengiz to`lqini, baliqlar, yirtqich
hayvonlar, sozanda qizlar surati va boshqa narsalar tasvirlangan. Bu saroydan
Xorazmshoxlarining yozma hisob-kitob arxivi ham topilgan. Bular qadimgi Xorazm yozuvi bilan
taxtaga va charmga bitilgan.
1938 yili VI — VIII asrlarga oid Xorazm pullaridagi yozuvlar yordamida ularning
ko`pgina asoslari aniqlangan. Umuman, Tuproqqal`adan topilgan arxiv yozuvi fanga juda ko`p
yangilik bergan. 1934 yili Samarqand yaqinidagi Mug`tepadan Panjakent hokimi Devashtichning
VIII asrdagi arxivi to pildi. Arxivdagi so`g`diycha va arabcha xatlar asosida so`g`d yozuvining
xususiyatlari aniqlandi, bu esa tarix faniga ancha ravshanlik kiritdi. Bunga Xorazm arxivining
qo`shilishi esa O`rta Osiyodagi o`sha zamon hayoti va madaniyatiga doir ko`p masalalarni
aniqlash imkoniyatini yaratdi.
Keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida «Bolaliktepa» degan joyni qazish jarayonida
uning bir zali devorlari odam suratlari bilan bezatilgan ibodatxona ekanligi ma`lum bo`ldi. Unda
zeb-ziynatli kiyimlar kiyib, qo`llarida qimmatli qadahlar tutgan va tavoze bilan allaqanday bir
ishorat ko`rsatib turgan erkak va ayol suratlari shubhasiz, moniy mazhabi ibodatxonasida
o`tkazilayotgan marosimdan darak beradi. Bu bino V asr oxirlariga tegishli deb topildi.
1937 yildan boshlab to 1956 yilga qadar Buxorodan 40 km g`arbdagi cho`lda Varaxsha
shahrining xarobalari tekshirilgan. Bu erda VII — VIII asrlarda Buxoro hukmdorlari solgan
Rachfandun saroyining xarobalari topilgan. Unda 3 zal va bir ayvon ochilgan. Ayvonning oldi
tomoni o`ymakor ganchdan qilingan dabdabali toqi varavoqlar bilan bezatilgan, ichkari tomoni
allaqanday meva bog`larini, ov manzaralarini tasvirlovchi bo`rtma ganch suratlar, bulbullar,
duldul otlar haykali bilan bezatilgan.
Zallarning birida oq fil mingan kishilar filga hujum qilayotgan allaqanday afsonaviy
yirtqich hayvonlar, qoplonlar bilan olishib turgani, ikkinchi zalda rum qo`shinlari, yana bir
devorda ustiga oltin taxt qo`yilgan qanotli tuya va boshqa ko`p ajoyib narsalar rang-barang
bo`yoqlar bilan tasvirlangan,
Qadimgi Panjakent xarobasi marhum professor A.YU.YAkubovskiy boshchiligida qazilganda, u
erda ham VII-VIII asrlarga doir shunday bino topilgan. Devorlarga bo`yoqli suratlar solinib,
ularda dafn marosimi, bazm va allaqanday diniy bir marosim tasvirlangan.
Tuproqqal`a, Bolaliktepa, Varaxsha, Fayoztepa, Panjakentlarda topilgan rasmlarning
san`ati va tasvirlarining boyligi ilk feodalizm madaniyatining o`z zamonasida ancha rivoj
topganligini va mulkdorlik davrida an`anaviy ravishda taraqqiy qilib kelgan tasviriy san`atning
bu davrga kelib avj olganini tasdiqlaydi. VIII asrda arablar istilosidan keyin bunday san`atga
ham ahamiyat berilgan.
Bu davrda savdo-sotiq va hunarmandchilik, xususan, idishlarni sirlash va nozik shisha buyumlar
ishlash rivojlandi.
Shaharlarning quldorlik, ilk feodalizm davrlaridagi va so`nggi asrlardagi tarixiy
topografiyasi, arxitektura yodgorliklari va boshqa o`rta asr inshootlari hozirgi kunda ancha
yaxshi o`rganilgan. eski Urganch, eski Marv, Buxoro, Xiva, Samarqand va boshqa bir qator
shaharlarning tarixiga bag`ishlangan maxsus asarlar maydonga keldi. Bulardan tashqari,
Samarqandda Go`r Amir maqbarasidagi mozorlarning ochilishi, Ulug`bek rasadxonasining qayta
tiklanishi (1941, 1948, 1967), Shahrisabzda Amir Temur tomonidan soldirilgan bir dahmatsing
1933 yilda ochilishi va hokazolar ko`pchilikning e`tiborini o`ziga jalb etdi. Garchi Ulug`bek
rasadxona (observatoriya)si 1908 yili topilib, uning er ostidagi sekstant qismi qazib ochilgan
bo`lsada, bu yodgorlikning er ustidagi shakli qanday bo`lgani noma`lum edi. Rasadxona 1948
yilda V.A.Shishkin boshchiligida qazilib, uning qanday bo`lganligi aniqlandi. Uni Bobur Mirzo
uch qavatli azamat bino deb ta`riflagan edi. Arxeologlar qazish ishlari olib borishlari natijasida
bino to`garak shaklda ekanligi, ichkarisi juda ko`p qismlarga bo`linganligi, hozirgi Samarqand
madrasa va maqbaralari singari rang-barang koshinlar bilan bezatilganligi aniqlandi. SHu
ma`lumotlarga asoslanib, arxitektor V.A.Nil’sen rasadxonaning tashqi ko`rinishini taxminiy
ravishda chizib berdi.
Shunday qilib, respublikamizda keng ko`lamda olib borilgan arxeologiyaga oid
tadqiqotlar tufayli xalqimizning uzoq o`tmishi, sug`orish sohasida asrlar davomida orttirgan
tajribalari ochib berildi.
Keng ko`lamda respublikamizda olib borilayotgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar tufayli
O`zbekiston arxeologiyasining deyarli hamma davrlariga: paleolit, mezolit, neolit, eneolit,
bronza va temir davrlari hamda antik dunyo va o`rta asrlarga oid juda ko`p xilma-xil ajoyib
moddiy madaniyat yodgorliklari topib tekshirildi. Arxeologiyaga oid tekshirishlar natijasida
to`plangan boy va qimmatli moddiy manba O`zbekiston xalqlarining qadimgi tarixini yoritish
imkonini beribgina qolmay, balki o`rta asrlar tarixi, shuningdek, shaharlar «yoshini» aniqlashga
ham katta yordam berdi.
O’zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida yirik rus olimlari: A.Y.Yakubovskiy,
S.P.Tolstov, M.E.Masson, A.P.Okladnikov, V.X.SHishkin, birinchi o`zbek arxiologi, akademik
YAxyo G`omovning xizmatlari benihoya kattadir. Atoqli olim o`zining qisqa va mazmundor
hayotida tarix fanlari doktori, professor, O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi
darajasiga ko`tarildi. Iste`dodli olimning fan sohasidagi faoliyatlari uchun unga O`zbekistonda
xizmat ko`rsatgan fan arbobi degan yuksak unvon berildi.
Olimning ijodiy faoliyati ham o`ziga xosdir. U 1926 yilda Toshkentdagi O`zbekiston
erlar bilim yurtini, 1930 yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasini tamomladi. 1931-1932
yillarda Toshkent pedagogika texnikumida o`qituvchi bo`lib ishladi. Yoshlik chog`idayoq keng
ilmiy jamoatchilikning e`tiborini qozondi. Ilmga, tarixga chanqoqligini sezgan mashhur
o`lkashunos arxeolog V. L. Vyatkin uni o`zi rahbarlik qilayotgan ko`hna Afrosiyobda olib
borilayotgan qazishmalarda ishtirok etishga taklif etdi. YA. G`ulomov mustaqil arxeologik
tadqiqotlarni ilk bor 1936 yili qadimgi Xorazm erlaridan boshladi. 1933 — 1940 yillarda
O`zbekiston qadimgi davr va san`at yodgorliklarini muhofaza qilish qo`mitasi (Uzkomstaris)da
ilmiy xodim, so`ngra ilmiy kotib bo`lib ishladi. YA. G`ulomov 1940—1943 yillarda sobiq SSSR
Fanlar Akademiyasi O`zbekiston bo`limi Tarih til va adabiyot instituti arxeologiya bo`limining
mudiri va 1943 yildan Ozbekiston FA Tarix va arxeologiya institutining qadimgi va o`rta asrlar
tarixi sektori mudiri, institut direktori vazifasini bajaruvchi (1956-1959 yillar) bo`lib ishladi.
«Xorazmning sug`orilish tarixi. Qadimgi zamonlardan hozirgacha» mavzuida doktorlik
dissertatsiyasini yoqladi. YA. G`ulomov 1936 yildan to umrining oxirigacha bir qancha
arxeologiyaga oid (Toshkent, Buxoro, Farg`ona, Xorazm va boshqa) otryadlarga rahbarlik qildi.
YA. G`ulomov 4 jildli «O`zbekiston SSR tarixi», 2 jildlik «Samarqand tarixi» asarlarining
mualliflaridan. YA.G`ulomovning O`zbekistonning sug`orilish tarixiga doir ilmiy ishlari
qadimgi dehqonchilik massivlari (Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va boshqa daryolarning
qadimgi o`zanlari)ni aniqlash va undan xalq xo`jaligi maqsadlari yo`lida foydalanishda katta
ilmiy ahamiyat kasb etadi. YA.G`ulomovning O`zbekiston vodiy va vohalarida olib borgan
arxeologiyaga oid tadqiqotlari O`zbekistonda qadimgi tosh davrlari: paleolit, mezolit, neolit,
eneolit, jez va temir davrlarini o`rganishda muhim rol’ o`ynadi. YA. G`ulomov bir qancha
xalqaro konferentsiya va simpozi-umlarda muhim ilmiy dokladlar bilan qatnashdi. O` ajoyib
tashkilotchi va pedagog ham edi. Xalqlar Do`stligi ordenli Nizomiy nomli Toshkent Davlat
pedagogika institutida O`zbekiston tarixi va arxeologiyasidan ma`ruzalar o`qib, ko`pgina hozirgi
zamon talabiga javob beradigan pedagog kadrlar etishtirgan. 4 tomlik «O`zbekiston irrigatsiyasi»
tarixiga oid masalalarni yoritishda faol ishtirok etgan. O`zbek Sovet entsiklopediyasi Bosh tahrir
hay`ati a`zosi bo`lgan. Yaxyo G`ulomov bag`ri keng va mehribon, g`amxo`r odam edi. O`z
shogirdlarig`a fan so`qmoqlari qiyinchiliklarini engish yo`llarini, ilmiy izlanish uslublarini, davr
talablarini izchillik bilan qabul qilish va uni amalga oshirishda faol qatnashishlarini o`rgatish
bilan ham respublika olimlari orasida katta obro`-e`tibor qozongan.
O`lkani o`rganishda, ayniqsa O`zbekiston vodiy va vohalarining tarixini, etnografiyasini,
arxeologiyasini, toponimikasi va nodir qo`lyozma asarlarini o`rganishda tarix fakul’teti
studentlari uchun YA.G`ulomov asarlari dasturamal bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Ularning qunt
va matonat bilan olib borgan arxeologiyaga oid tadqiqotlari tufayli jahon ahamiyatiga ega
bo`lgan qator moddiy-madaniyat yodgorliklari kashf etildi.
Dostları ilə paylaş: |