O’zbekistonda ta’lim tizimi qaysi muassasalardan tashkil topgan?
Ta’lim tizimi qanday maqsad va vazifalarni amalga oshiradi va u sohada qanday pedagogik muammolar mavjud?
Ilgari O’zbekiston hududida ta’lim tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan va uning mazmunini pedagogik asoslab ko‘rsating? O’zbekiston aholisi savodsiz bo‘lganmi?
Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunda ta’lim tizimi nimalardan iborat?
Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini qanday tushunasiz va ular faoliyatida qanday muammolar hal etilishi darkor?
Ta’lim tizimining rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy-pedagogik muassasalarga qaysilari kiradi va ular faoliyatida qanaqa muammolar mavjud?
Boshqaruv organlari qaysi muassasalardan tashkil topgan?
Nima uchun ta’lim tizimi yagona va uzluksiz?
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining qanday asosiy prinsiplari mavjud va ularni qanday tushunasiz?
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limlarini amalga oshirishda qanday pedagogik muammolar mavjud? Sizningcha bu muammolarni qanday hal etish mumkin?
Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limi qanday maqsad va vazifalarni nazarda tutadi?