5-Mavzu: Psixologik xizmat mahsuldorligining sharoitlari


Asosan qaysi yoshdagilar bilan ishlash afzal



Yüklə 19,92 Kb.
səhifə4/4
tarix04.01.2023
ölçüsü19,92 Kb.
#78434
1   2   3   4
5-mavzu

Asosan qaysi yoshdagilar bilan ishlash afzal
Maktabda asosan qaysi yoshdagilar bilan ishlashni tanlash ham muammo. Maktab psixologi maktabda o‘qituvchilar bilan ham, barcha yoshdagi o‘quvchilar bilan ham ishlaydi. Lekin kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, ba’zi psixologlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashishni yoqtirishadi, boshqa birlari o‘spirinlarning «tilini tez topadi», uchinchi birlari yuqori sinflarga kirib «yo‘qolib ketadilar», to‘rtinchilari o‘qituvchilar bilan suhbatlashishni qoyillatadilar.
Psixolog o‘zining ichki psixologik yoshiga mos bolalar bilan muloqot qilishga intiladi. Psixologiyada insonning haqiqiy yoshi (pasport yoshi) farqlanadi. Insondagi bu ikki yosh ko‘pincha bir- biriga mos kelmaydi.
Men 16 yoshdaman «Ruh haqidagi fanda» yosh hissi tushunchasi meni doim hayron qoldiradi, Men ko‘pincha yoshimni esdan chiqarib qo‘yaman, bu savolga javob berish uchun doimo bu yil nechanchi yil ekanligini so‘rayman, o‘zim tug‘ilgan yilni eslayman va arifmetik hisoblashlar bilan shug‘ullanaman.
Sizning yoshingiz nechada?
A. Kronik(35-40 yoshlardan yoshgan)
A. Kronik va uning xodimlari 21 dan 44 yoshgacha pasport yoshi bo‘lgan 83 nafar insonlar bilan maxsus tadqiqot o‘tkazdilar. Taxminan 55 % sinaluvchilar o‘zlarini yosh deb hisoblaydilar, respondentlarning 20 % o‘zlarini katta deb hisobladilar, faqat 25% respondentlar o‘z yoshini pasport yoshi bilan bir xil ko‘rsatdilar.
Sizning psixologik yoshingiz nechada? Uni «psixologik yosh» testi yordamida aniqlashga urinib ko‘ring. Ushbu metodika o‘z hayotiy potensialingizni qanchalik to‘liq amalga oshirganingizni baholaydi.
Yüklə 19,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin