5-mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub. Hujjat tilining o‘ziga xosligi.
Tayanch so‘z va iboralar: aloqa xati, axborot, Prezident farmonlari, hukumat
qarorlari, nutqiy qolip, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar, diplomatik
munosabat.
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip,
qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan
nutq uslubi rasmiy uslub
sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar,
ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda
yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror
qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan
so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy
odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.
Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi
diplomatik munosabatlarda,
idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning
ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy
vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi -
axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.
Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik,
grammatik
xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga
bo‘ysunadi.
Hujjatlar tili va uslubi
Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy tartibda
qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida teri, yog‘och,
sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra bitilgan. Turkiy tilda
bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida yozilgan hujjatlar XIV-XVI
asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjatlar tuzish keyingi
asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors tilida ham rasmiylashtirish bo‘lgan.
Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy
uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik,
mantiqlik,
ishonarlilik va ihchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy uslub
talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning axborotlarini
rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi.
Hujjatlar tilining o‘ziga
xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va
andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot, badiiy
uslublardan farq qiladi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida ishlatilayotgan
so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan atamalar bilan to‘lgani
aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, tavsifnoma, bayonnoma va
boshqalar.
Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri,
unda trafaret, qolipli bir shaklda
qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin,
eshitildi va b.
Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy
so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al so‘zlar,
kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda so‘zlarni
qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma
so‘zlardan foydalanish mumkin.
Morfologik jihatdan ham hujjatlar tili o‘ziga xos, ya’ni unga erkalash-
kuchaytirish qo‘shimchalari, subyektiv baho so‘zlari ishlatilmaydi.
Hujjatlarda 2 shaxs qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi, chunki hujjatlar fe’lning 1
yoki 3 shaxs nomidan yoziladi. Shu tufayli - man (buyuraman, so‘rayman, tavsiya
etaman), -miz, -di qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilib ishlatiladi (iltimos qilamiz,
eshitildi, so‘raydi, so‘zga chiqdi va b.)
Hujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda harakat nomlari ko‘p
qo‘llaniladi (masalan, joriy etish, hizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish).
Fe’lning buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining qo‘llanishi ko‘proqligi bilan
hujjatlar xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin, iltimos qilamiz, so‘raymiz)dir.
Fe’lning o‘tgan hamda hozirgi-kelasi zamon shakllarining qo‘llanish doirasi
hujjatlarda kengroq (qatnashdilar, so‘raydi, ma’qullaydi, hisobga olinadi va b.).
Sonlarning ishlatilishi hujjatlar turiga qarab tartibga rioya qilingan holda
yoziladi. Ayrim hujjat turlari, masalan, ishonchnoma, tilxat kabilarda sonlar son
bilan ham, so‘z bilan ham yozish talab qilinadi. Pul, moddiy boylik bilan bog‘liq
hollarda qoidaga muvofiq son bilan birga uning yozma ifodasi hujjatda o‘z ifodasini
topgan bo‘lishi shart deb qabul qilingan. Hujjatlarda qolipga tushgan so‘z
birikmalari, sintaktik tuzilmalar ko‘p qo‘llanadi. (masalan, men,
Mahmudov
Ozod..., ro‘yxatga olinsin, ... qilish maqsadida, ....qaror qilindi, Siz rahbarlik
qilayotgan). Hujjatlarda turgan frazeologik birikmalar, ya’ni ko‘chma ma’noda
qo‘llanuvchilar ishlatilmaydi. Gaplar turiga kelganda darak gapning xabar, axborot
beruvchi, ta’kidlovchi xarakterdagi turlari keng qo‘llaniladi. Odatda so‘roq, undov
mazmunidagi gaplar, shuningdek murakkab qo‘shma gaplar ishlatilmaydi.
Hujjatlarni madaniy tuzilishda, tayyorlashda,
imlo va tinish belgilari, xatboshiga
alohida e’tibor berish zarur. Hujjat nomi- sarlavhalardan keyin o‘zbek tilida
qoidalarga
muvofiq
nuqta
qo‘yilmaydi.