5-mavzu: sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifasi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari. Reja



Yüklə 26,98 Kb.
səhifə3/5
tarix16.05.2023
ölçüsü26,98 Kb.
#114430
1   2   3   4   5
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 5-MA\'RUZA 2021-2022 (4)

Maktabdan tashqari ishlar: Maktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni ihtiyoriy ravishda, aktiv va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi.
Rayon, shahar, o‘lka va Respublika hamda maktab o‘quvchilari saroylari va uylari – ancha keng tarqalgan maktabdan tashqari muassasalardir. Ular xalq maorifi organlari rahbarligi ostida ishlaydilar.
Maktabdan tashqari mussasa bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktablarning I-VIII sinflari o‘quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o‘qiy oladigan bolalarga xizmat ko‘rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan.
Ko‘pgina maktabdan tashqari muassasalarning ishlari misolida, maktabdan tashqari muassasalar o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishida maktab va oilaga jiddiy yordam bermoqdalar degan xulosaga kelish mumkin. O‘qituvchi muayyan aholi yashaydigan joyda maktabda qanday muassasalar borligini bilib, ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishni yo‘lga qo‘yadi, o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to‘garaklarga yo‘llaydi. Maktab bolalalari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni rejalashtirishda maktabdan tashqari muassasalardan olishi mumkin bo‘lgan yordamni ham nazarda tutadi. Maktabning tarbiyaviy ish rejasini bolalar muassasalarining rejasiga moslashtirish zarur. Maktab tarbiyaviy ish rejasini o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigan ishlarning forma va metodlarini, ularni oqilona yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, maktab tarbiyaviy ishining umumiy rejasini tuzadi hamda o‘quvchilarga har tomonlama tarbiya berishda maktab o‘qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalar hamda maktabni otaliqqa olgan tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish maktabda o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda anjumanlar, kechalar, o‘tkir zehinlilar mushoirasi va ekskursiyalar o‘tkazish, kino va teatrlarga jamoa bo‘lib borish, zavod va fabrikalarda ishlab chiqarish veteranlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, devoriy gazetalar chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi ishlar belgilanadi.
Umumo‘rta ta'lim maktablari hayotidagi bu kichik bo‘limchaning eng muhim vazifasi umummaktab tarbiyaviy ishlar jamoasini tashkil etish sistemasini ochib berishdan iboratdir. Umummaktab jamoasi sinflarning shunchaki yig‘indisidan iborat bo‘lmay, balki bu jamoa bir necha o‘quv yillari davomida butun pedagogik jamoaning katta kuch-g‘ayrat ishlatishi tufayli yuzaga keladi. Maktabning ish rejasidagi ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar, o‘qituvchilarning ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning turli shakllari: ota-onalar majlisi, ota-onalar bilan guruppa va individual tarzda suhbat va konsul'tatsiyalar, mahalla va aholi yashaydigan qishloqlarda, zavod fabrika va kurilish tashkilotlarida olib boriladigan turli tarbiyaviy mavzulardagi pedagogik tashviqot va targ‘ibot ishlari hamda jamoatchilik va ota-onalarning maktabga qachon va qanday yordamini tashkil qilish kabi masalalar ko‘rsatiladi.
Maktabning otaliq tashkiloti bilan hamkorlikda olib boradigan ishlari bo‘limida maktab binosini remont qilish, o‘quv kabinetlarini jihozlash ishiga otaliq tashkilotining e'tiborini jalb etish, otaliq tashkilotidagi ishchi va xizmatchilar uchun turli tarbiyaviy temalarda suhbatlar olib borish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.
Shu joyning o‘zida kengash yig‘ilishlarining o‘tkazish muddati va kun tartibi, kengashning maktabdagi metodik birlashmalar va boshqa tashkilotlar bilan aloqasi, bu birlashmalarga rahbarlik qilish shakllarini ko‘rsatish o‘rinli bo‘ladi. Huddi shuningdek, direktor qoshidagi yig‘ilishlarning mavzusi, yig‘ilish shakli, uni o‘tkazish kuni kabi masalalarni ham maktab direktori maktab ish rejasining shu bo‘limida ko‘rsatishi maqsadga muvofiq.
Ish rejasining-pedagogik jarayoni boshqarish va nazorat qilish deb nomlangan bo‘limida maktab ishlarini boshqarish va pedagogik jarayonda rahbarlik qilishning asosiy yetakchi prinsipi demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirish aqidasi asosida rahbarlik qilish tadbirlari belgilanadi. Maktab ichki nazorotini to‘g‘ri (aniq mavzu va maqsad asosida) amalga oshirishga qaratilgan ishlar, maktab ichki nazoratining shakl va metodlari, xususan: o‘quvchilar bilimining sifati va o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturlarining bajarilishini (darslarga kirish va tahlil qilish, laboratoriya va amaliy ishlar, ekskursiyalar: kontrol' va yozma ishlar, ishlab chiqarish mehnati, maktab uchastkasidagi tajriba ishlari natijalarini tahlil qilish: o‘quvchilar bilan individual ishlashning ahvolini aniqlash, daftar tutish, sinf jurnallarida o‘quvchilar bilan qayd etish va baholash: o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilar bilimi, ularning ko‘nikma va malakalar darajasi: maktab ma'muriyatining nazorat ishlari: darslik o‘quv jihozlari va boshqalarning qanday holatda ekanligini tekshirish.
Fakul'tativ ishlarni nazorat qilish. Metodik birlashmalar, o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashlari, sinf rahbari, kutubxonachilar, laborantlar faoliyatini kuzatish. Maktab hujjatlarining qay tartibda yoritilayotganligini nazorat qilib borish kabi qator masalalarni belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, pedagogik jarayonni boshqarishning muhim ob'ekti ulgurmovchi va ikki yil bir sinfda qoluvchi o‘quvchilar bilan sistemali, aniq maqsadga qaratilgan ish olib borishdir.
Rejaning mazkur bo‘limida quyidagi masalalarni ham ko‘rsatish mumkin:
a) o‘zlashtirishda orqada qoluvchi, yordam talab o‘quvchilarni o‘z vaqtida aniqlab olish:
b) ana shunday o‘quvchilarning tayyorgarliklaridagi kamchilik yoki yetishmovchiliklarning harakteri va sabablarini o‘rganish.
v) bo‘sh o‘zlashtiruvchi va o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarning barcha yozma ishlarini, fanlar bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarilishi va mazkur o‘quvchilarning og‘zaki javoblarini tekshirib borishni ta'minlash:
g) ulgurmovchi va ikki yil bir sinfda qoluvchi o‘quvchilar bilan guruh yoki yakkama-yakka shaklda uzluksiz ravishda ishlashni ta'minlash:
d) ana shunday o‘quvchilarni o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar qatoriga qo‘shib olib borish borasida ota-onalar va ular ishlab turgan korxonalar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarning samarali shakli va metodlarini qidirib topish kabi qator masalalarni belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Maktabning ish rejasi, moliya-xo‘jalik ishlari deb atalgan bo‘limida maktabni shu o‘quv yilida va undan keyingi davrda o‘quv moddiy bazasini yanada mustahkamlash, davlat tomonidan va otalik tashkiloti tomonidan ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri, maqsadga muvofiq holda sarflash, moliyaviy hisob-kitoblarni tartibga solish tadbirlari belgilanadi.
Hulosa qilib shuni aytish kerakki, maktabning ish rejalarida o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishini takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish, maktabning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, ta'lim-tarbiya ishlarining dolzarb masalalariga qaratilgan turli mavzularda seminarlar, anjumanlar o‘tkazish, maktab o‘qituvchilarining pedagogik o‘qishlarini tashkil etish kabi masalalarni rejalashtirish hozirgi kunning muhim talablaridan biridir.



Yüklə 26,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin