Pokaz slaydov bo‘limining tugmasi bosiladi. Namoyish rejimidan ishchi rejimga klaviaturadagi Esc tugmani bosish orkali kaytiladi.
Power point 2010 dasturining umumiy ko‘rinishi.
Menyular paneli - PowerPoint 2010 dasturining ishchi maydonlaridan biri bo‘lib u dastur oynasining yukori kismida joylashgan va u lenta deb xam yuritiladi.
1. Slayd maydoni-Asosiy ishchi maydon bylib, bu erda xar-bir slayd bilan aloxida ishlash mumkin.
2. Chegaralangan maydon- bu erga matn kiritish, rasm, diagramma va boshka ob’ektlarni ko‘yish mumkin.
3. Slaydlar bo‘limi - bu erda yaratilgan barcha slaydlarning eskizlari joylashadi. Agarda biror slayd bilan ishlash uchun uni slayd maydoniga chikarmokchi bo‘lsak, uni topish uchun slaydlarni bittalab o‘tkazib o‘tirmasdan slaydlar bo‘limida ushbu slayd ustida sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish etarli. Bundan tashkari slaydlarni tortish orkali ularning taqdimotdagi tartibini o‘zgartirish mumkin, slaydlarni o‘chirish va yangisini ko‘shish ham mumkin.
4. Eslatmalar maydonida joriy slaydga eslatmalar kiritish mumkin. Ularni tinglovchilarga tarkatish yoki taqdimotni ma’ruzachi rejimida namoyishi paytida ma’ruzachi foydalanayotgan ekranning o‘zida ko‘rish mumkin. Ma’ruzachi rejimidan PowerPoint 2010 dasturi ikki yoki undan ortiq ekran bilan ishlaganda foydalanish mumkin.
Yangi slayd yaratish uchun:
1. Menyular panelining Главная bo‘limi tanlanadi.
2. Слайды guruxidanСоздать слайд buyrug‘i bosiladi.
3. Ekranga chiqqan oynadan kerakli bo‘lgan slayd shabloni tanlanadi.
Agarda joriy slayd shablonidagi yangi slayd yaratish uchun Создать слайд tugmasi bosiladi.
Power Pointdan chiqish uchun Fayl menyusidan Выход ("Chiqish") buyrug‘i tanlanadi.