5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja



Yüklə 105,53 Kb.
səhifə2/23
tarix24.12.2023
ölçüsü105,53 Kb.
#193007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadri-fayllar.org

Madaniy-tarixiy tiplar g’oyasi. XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgan bo’lsada, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar jamiyatini ikki madaniy- tarixiy tiplarga ajratadi: Birinchisi to’liq jamiyat bo’lib, u o’zida a) er yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Erning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o’rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo’lgan to’liqsiz jamiyat.1 Forobiy fikricha “Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo’lga kiritish mumkin. To’liqsiz jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar”.2 Forobiyning bu fikrlari Platon va Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o’zgarishlarni inobatga olgan. Jamiyatni to’liq va to’liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to’liq jamiyatning birinchi bosqichidir deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to’liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig’i emas, balki butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
Jamiyatning vujudga kelishiga doir qarashlar. Jamiyatning vujudga kelishi haqida ajdodlarimiz hayotining arxeologlar topgan va odamlarning ko’plab avlodlari bosib o’tgan murakkab va fojialarga to’la tarixiy yo’ldan dalolat beradigan izlarga qarab xulosa chiqarish mumkin. SHunga qaramay inson va jamiyat kelib chiqishining to’liq manzarasi fanda hanuzgacha yaratilmagan. Jamiyat kelib chiqishining diniy talqini ham (u o’z mifologiyasini haqiqat deb tan olishni talab qiladi), idealistik konsepsiya (o’zining spekulyativligi tufayli) va materializm (ilmiy dalillar etarli emasligi bois) ham asosli e’tirozlar uyg’otadi. Kant materializmdan inson ruhining tabiatini tushuntiruvchi tamoyil sifatida foydalanish hech qachon mumkin emas, deganida, ma’lum ma’noda haq edi. Ammo, daliliy ma’lumotlar ozligiga qaramay, biz jamiyatning vujudga kelish manzarasini ancha aniq yaratish imkonini beradigan ilmiy dalillarga ishonch bilan qarash lozim, deb hisoblaymiz.

Yüklə 105,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin