5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja


Davlat unitar korxonalari



Yüklə 254,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/26
tarix07.01.2024
ölçüsü254,33 Kb.
#204315
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja

Davlat unitar korxonalari
. Unitar korxona deb davlat mulki bo‘lgan va korxonaga 
xo‘jalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida tegishli bo‘lgan, 
o‘ziga biriktirilgan mulkka mulkchilik huquqiga ega bo‘lmagan tijorat tashkiloti tan 
olinadi. 


Unitar korxonaning firma nomi uning mulk egasini ko‘rsatilishiga ega bo‘lishi kerak. 
Unitar korxonaning idorasi uning rahbari bo‘ladi, u mulk egasi yoki unga vakolat 
berilgan idora tomonidan tayinlanadi va unga hisobot beradi. 
Unitar korxona o‘zining majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha mulki 
bilan javob beradi va o‘zining mulk egasining majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikka ega 
bo‘lmaydi. 
Xo‘jalik faoliyatini olib borish huquqiga asoslangan unitar korxona buning uchun 
vakolat berilgan davlat idorasi yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idorasining qarori 
bo‘yicha tashkil qilinadi. Korxonaning ta’sis hujjati uning mulk egasi tomonidan 
tasdiqlangan nizomdan iboratdir. 
Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona (davlatga qarashli korxona) 
davlat unitar korxonalari haqidagi qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi 
huqumatining qarori bo‘yicha tashkil qilinadi. 
Davlatga qarashli korxonaning ta’sis hujjati uning O‘zbekiston Respublikasi 
hukumati tomonidan tasdiqlangan nizomdan iborat bo‘ladi. 
Notijorat tashkilotlar
- bu o‘z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni 
ko‘zlamaydigan yuridik shaxslardir. Bu tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini faqat shuning 
uchun amalga oshirishlari mumkinki, chunki u ularni tashkil qilish maqsadlariga erishishga 
xizmat qiladi va ushbu maqsadlarga mos keladi. 
Notijorat tashkilotlarga quyidagilar kiradi: 
-
matlubot kooperativi
- ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar); 
- jamg‘armalar (fondlar); 
-
muassasalar; 
-
yuridik shaxslar birlashmalari (assosiasiyalar va ittifoqlar). 

Yüklə 254,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin