5-mavzu. Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi
1917-1920 yillar faqat Turkiston xalqlari uchungina emas, balki Buxoro xalqi uchun ham jiddiy larzalar keltirgan davr bo‘ldi. 1917 yil fevralida Rossiyada demokratik inqilobning g‘alabasi, podoshoning taxtdan voz kechganligi haqidagi xabar Buxoro xalqi tomonidan quvonch bilan kutib olindi, albatta. Bu voqealardan birmuncha vaqt ilgari 1916 yilda «YOsh turklar»ning «Birlik va taraqqiyot» partiyasi namunasi asosida jadidlar o‘zlarini «YOsh buxoroliklar» (Buxoroda) va xivaliklar «YOsh xivaliklar» deb atay boshladilar. Ular o‘z mamlakatlarining aniq tarixiy shart-sharoitlarini hisobga olib, dastlabki paytlarda monarxiya tuzumini yo‘q qilish, er egaligini cheklashni o‘z maqsadlari qilib qo‘ymadilar. Ular yuqoridan turib demokratik islohotlar o‘tkazish orqali kapitalizm va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidan borishni belgilab oldilar.
«YOsh buxoroliklar» Rossiya demokratik Muvaqqat huquqmatining tazyiqi bilan amirni demokratik islohotlar o‘tkazishiga erishishga umid bog‘lagan edilar. SHu maqsadda ular Petrogradga telegramma yuborib, Muvaqqat hukumatdan amirni Buxoroda islohotlar o‘tkazishga undashni iltimos qilgan edilar. Amirlikda o‘tkaziladigan islohotlar loyihasi Rossiyaning Buxorodagi regenti A.YA.Miller tomonidan ishlab chiqilgan edi. Aslida esa uning o‘zi islohot tarafdori bo‘lmay, uni o‘tkazishga hali vaqt erta, amirlik va Rossiya imperiyasi uchun esa xavfli ham deb hisoblardi. Mazkur manifest loyihasini amir va uning yaqin amaldorlari chuqur va puxta o‘rganib chiqqanlaridan keyin 1917 yil 7 aprelda amirning manifesti e’lon qilindi. Unda islohotlar monarxiya negizlariga islom va shariat asoslariga dahl qilmas edi. Islohotlar loyihasining e’lon qilinishi Buxoro jamiyatini junbushga keltirdi, mamlakatda siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Amirlikning barcha mutassib kuchlari islohotlarga qarshi chiqdilar. 1917 yil 8 aprelda ular amir e’lon qilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun «YOsh buxoroliklar» poytaxtda uyushtirgan namoyishini tarqatib yubordilar. Amirlikda reaksiya avj oldi, jazodan qochib, omon qolgan «YOsh buxoroliklar» Toshkent, Samarqand, YAngi Buxoroga (Kogon) muhojir bo‘lib keta boshladilar. Sovet hukumati va bolsheviklar ana shu muxojirlar hamda amir zulmidan qochib yurgan kishilardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar.
1917 yil dekabr boshlarida Buxorodagi rus manzilgohlari sovetlarining II viloyat s’ezdi, RSFSR va Turkiston XKSning Buxoro ishlari bo‘yicha komissiyasi «YOsh buxoroliklar» rahbarlarini amir hokimiyatini ag‘darib tashlash uchun harbiy yordam so‘rab, Sovet Turkistoni rahbariyatiga murojaat qilishga undadi. 1918 yil 2 martda o‘lka XKSning raisi, bolshevik F.I.Kolesov boshchiligidagi Turkiston qizil gvardiyasi otryadlari 200-300 qilishdan iborat «YOsh buxoroliklar» ning kichik otryadi ishtirokida Buxoro amirligiga qarshi ochiq qurolli hujum boshladilar. Sovet Turkistoni qo‘shinlarining bostirib kelishi Buxoro xalqida keskin norozilik uyg‘otdi, amir tuzumiga qarshi turgan xalq endi o‘z mamlakatining ozodligi va mustaqilligini himoya qilishga otlandi. Bolsheviklarning bu harbiy tajovuzi barbod bo‘ldi. 1918 yil 25 martda Buxoro bilan TASSR o‘rtasida Qiziltepa bitimi tuzildi, mazkur bitim asosan harbiy mojaro oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, amirlikning ichki hayotiga e’tiborsizlik bilan qarash ruhida edi.
1918 yil mart voqealari bolsheviklarning «Jahon inqilobi» alangasini Buxoroga qarshi yo‘naltirilgan vasvasasi Buxorodagi vaziyatni butunlay murakkablashtirib yubordi, shu bahona bilan amirlik har qanday erkin fikrli kishilardan o‘ch olishini boshlab yubordi. Fayzulla Xo‘jaevning guvohligiga qaraganda «YOsh buxoroliklar» partiyasi a’zolari va ularga xayrixoh bo‘lganlardan qariyb 1,5 ming kishi o‘ldirilgan.
Bolsheviklarning «SHarqqa doir siyosati» Xivadan keyin Buxoro amirligini qulatish vazifasiga qaratilgan edi. 1918 yil voqealari Buxoro amirligi TASSR harbiy hujumi oldida qanchalik darajada himoyasiz ekanligini, bolsheviklarning Buxoro bilan tinchlik va do‘stlik haqida bergan so‘zlarining qanchalik soxta ekanligini ko‘rsatdi. Keyinchalik bu haqda Said Olimxon: «Bolsheviklardan bo‘lgan bu jamoaning tartib-qoidalarini na ko‘rib bo‘lindi, na bilib bo‘lindi. CHunki hamisha beqarorlik yuzga keldi, bu jamoa hukumatni harob etib, mamlakatni vayron etishga yo‘l qo‘ydi, dinlarni, ibodatxonalarni yo‘q qilishdi, mo‘‘tabar va davlatmand bo‘lgan har bir guruh mol-mulkini bosib olib, talon-taroj qildilar, o‘zlarini qatl etishni o‘zlariga burch deb biladilar. Ularning so‘zlariga ishonilmaydigan darajaga kelindi.1
1920 yil 7 yanvar va 30 martda Turkkommiyasi a’zolari amir xuzurida bo‘lib, RSFSRning amirlikka nisbatan tinchlik niyatida ekanligiga ishontirmoqchi bo‘ldilar. Muzokarada har ikki tomon o‘z talablarini qo‘ydi. Buxoro amiri Kogon stansiyasidagi qizil askarlarni olib ketishni, yangi Buxoro va CHorjo‘ydan jadidlarni chiqarib yuborishni, Kolesov bosqini (1918) davrida bosib olingan paxta zavodini qaytarib berishni (va yangi Buxorodagi saroyni ham), Buxoro ustidan harbiy samolyotlarni uchirishni to‘xtatishni talab qildi. Turkkomissiya vakillari esa, amirlik tomonidan rus posyolkalariga nisbatan iqtisodiy cheklashni, Sovetlarga qarshi tashviqotni va g‘azavot urushini chiqarishni to‘xtatishni hamda darhol Buxoroning harakatdagi armiyasini tarqatishni talab qildi. Amir Turkkomissiyaning talablarini rad qildi, ularning bu hatti-harakatlarini suveren davlatning ichki ishlariga aralashish deb baholadi. Turkkomissiya vakillari ham Buxoro amirining talablarini rad etdilar. SHu tariqa munosabatlar chigallashib jiddiy tus ola bordi. Buxoro amirligi Sovet Turkistoniga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda degan soxta bahonalar bilan amirlik chegaralariga qizil qo‘shinlarning kelib joylashuviga zo‘r berildi.
Moskva Buxoro amirligini tugatishga jon-jahdi bilan tayyorlanmoqda edi. 1920 yil 21 mayda RSFSR tashqi ishlar xalq komissari L.M.Karaxan V.I.Leninga yo‘llagan telegrammasida: «Biz Turkkomissiya bilan to‘la hamjihatlikda Toshkentdagi vakillarimizga amirni tugatishni va Buxoroda demokratik respublika tuzishni, unga «YOsh buxoroliklar»ni (endi esa kommunistlar) boshliq qilib qo‘yishni taklif qilamiz», - deb ochiq aytgan edi. Turkkomissiya a’zosi, Turkfront qo‘mondoni M.V.Frunze ham o‘z fikrlarini RKP(B) MK ga yubordi, qo‘mondonning telegrammasi 1920 yil 10 avgustda RKP(B) MK Siyosiy byurosida muhokama qilindi. Ertasi kuni Siyosiy byuroning direktivasi Toshkentga jo‘natilgan edi. Direktivada Buxoroga qurolli bostirib kirish asosan ma’qullanib, ayni vaqtda RKP(B) MK Siyosiy byurosi o‘z faoliyatini xaspo‘shlab ko‘rsatish maqsadida uni amalda ro‘yobga chiqarishdagi tashabbus sovetlar tomonidan kelib chiqmasligi kerak deb ogohlantirgan edi. Direktivada Buxoro inqilobiy markazi bizning hududimizda bo‘lishi va bu markaz bizni shunday hujumga chorlashi kerak degan ko‘rsatma ham bor edi.
Sovet qo‘shinlarining mustaqil Buxoro amirligiga hujumi bolsheviklarning «Biz SHarqda ozodlik missiyasini bajarmoqdamiz» degan soxta xaloskorligini butun dunyo afgor ommasi keyin anglab etdi. Moskva va Toshkentda ishlab chiqilgan ssenariy asosida amirlik rejimiga birinchi zarba «YOsh buxoroliklar» va kommunistlardan iborat Buxoro oppozitsiyasi tomonidan berilishi, shundan keyin esa «qo‘zg‘algan xalq» nomidan ularning rasmiy iltimosiga ko‘ra qizil armiya qismlari etib kelishi lozim edi. Amirlikning tugatilishi ana shu tariqa g‘oyaviy jihatdan asoslangan va amaliy tomondan puxta tayyorlangan edi.
Qizil armiya tomonidan Buxoro amirligining bosib olinishi.
1920 yil 24 iyundayoq Buxoroda qurolli qo‘zg‘olonni tayyorlash bo‘yicha harbiy-inqilobiy byuro tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga Turkkomissiya a’zolari M.V.Frunze va V.V.Kuybishev TKP MK kotibi Nazir To‘raqulov. BKP MK kotibi Najib Xusainov, yosh inqilobiy buxoroliklar partiyasi Markaziy byurosining raisi F.Xo‘jaev va boshqalar bor edi. 1920 y 10 avgustda Turkkomissiya, BKP MK va inqilobiy «YOsh buxoroliklar» partiyasi Markaziy byurosining qo‘shma majlisida Buxoroning muvaqqat inqilobiy qo‘mitasi va Xalq Nozirlar Kengashi tashkil etildi. 1920 yil avgustning o‘rtasida CHorjo‘yda BKPning IV s’ezdi bo‘lib, unda qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan Said Olimxonni ag‘darib tashlash to‘g‘risida va BKP ham «YOsh buxoroliklar» partiyasi bilan ittifoqi haqida qaror qabul qilindi.
Moskva Toshkentda ishlab chiqilgan reja asosida 1920 yil 23 avgustda kommunist Beshim Sardor qo‘mondonligidagi turkmanlar polki Sakarni egalladi, qizil armiya yordami bilan 29 avgust erta tongda eski CHorjo‘yni ham bosib oldi. Beshim Sardor boshchiligida inqilobiy qo‘mita tashkil qilindi va u o‘sha kuniyoq yordam so‘rab Sovet hukumatiga murojaat qilishdi. YOrdamga kelgan qizil qo‘shinlarda 7000 miltiq va qilich, 40 to‘p, 230 ga yaqin pulemyot, 10 zixirli avtomobil, 5 zixrli poezd, 12 samolyot, 5 ming kishiga ega bo‘lgan buxorolik «inqilobiy tuzilmalar» bor edi. Buxoro amirida esa, 8725 miltiq, 7850 qilich, bir necha o‘n to‘p, va pulemyotdan iborat 20 000 kishilik armiya mavjud edi.
1920 yil 28 avgustdan 29ga o‘tar kechasi bolsheviklar va buxorolik «inqilobiy tuzilmalar» amirlik hududiga shiddat bilan bostirib kirdilar. Ular Qarshi, Kitob, SHahrisabzni bosib olib poytaxt Buxoroda amir qo‘shinlarining qattiq qarshiligiga duch keldilar. Buxoro to‘plardan o‘qqa tutilib samolyotlardan bombardimon qilindi. Dahshatli urush to‘rt kecha kunduz davom etdi va 2 sentyabr kuni amirning arki taslim bo‘ldi. Bu janglarda qizillar 500 kishisidan ajraldi. SHaharning yarmisi yondirildi, 4/5 qismi harobaga aylandi. Tinch aholi shuncha ko‘p talofot ko‘rdiki, guvohlar ma’lumotlariga ko‘ra o‘lganlarni yig‘ishtirib olishga ulgurishmasdi. Said Olimxon kurashni davom ettirish maqsadida Buxoroni tark etdi.
Dostları ilə paylaş: |